Jamiyat | 16:37 / 02.09.2020
9804
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Mo‘jiza sari 10 bosqich: ikkinchi bosqich - sarguzasht mo‘jizasi

Avvalroq so‘zlarning mo‘jizaviy xislati bilan tanishib chiqishning birinchi uslubi haqida so‘z yuritdik. The Magic jamoasi tomonidan yozilgan, g‘aroyib tanga bilan dunyo bo‘ylab sayohat qilgan bolakayning sarguzashtlari haqida hikoya qilgan edik.

Shunday qilib, sarguzashtlar dunyosiga sho‘ng‘ishning ikkinchi uslubini taqdim etamiz.

Venetsiyada o‘z restoraningizni yoki Parij shahrida o‘z butigingizni ochishni orzu qilganmisiz?

Endi ushbu orzularingiz Toshkent shahrida amalga oshishi mumkin!

E'tiboringizga Magic City sayilgohining loyihasini havola qilamiz. Bu na kattalar va na bolalar zerikmaydigan, har bir kishi sarguzashtning mo‘jizasiga ishonch hosil qila oladigan oilaviy-ko‘ngilochar va mo‘jizaga to‘la bo‘lgan eng katta majmua.

Umumiy maydoni 20 gektardan ortiq bo‘lgan Magic City hududida noyob obektlar bunyod etilmoqda:

- baliq va sudralib yuruvchilarning 100 dan ortiq turlari, ular orasida akulalar, skatlar, sakkizoyoqlar, meduzalar, piranyalar va moraylar bo‘lgan O‘rta Osiyodagi birinchi okeanarium;

- Italiya va Germaniyadan keltirilgan 40 dan ortiq zamonaviy attraksionlar. Shu jumladan, O‘zbekistondagi eng katta, balandligi 88 metrni tashkil etuvchi charxpalak;

- oilaviy-ko‘ngilochar markaz;

- umumiy maydoni 2 gektar bo‘lgan yirik akvapark;

- har bir jajji mehmonlar orzu qilgan kasblarini o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgan mitti mamlakat;

- O‘zbekistondagi birinchi innovatsion lazerli va 450 o‘rindiqli kinoteatr;

- Rim Kolizeyi uslubidagi amfiteatr;

- 1 km. uzunlikdagi temir yo‘l bo‘ylab harakatlanadigan zamonaviy poyezd;

- minoralarini balandligi 60 metrni tashkil etuvchi ertak qasri;

- ko‘lning yuzasida suzuvchi kanoelar: ularda sayr qilayotgan vaqtda tashrif buyuruvchilar atrofdagi go‘zal manzaralardan bahra olish imkoniga ega bo‘lishadi.

Tasavvur qiling, osoyishtalik hukm suruvchi, do‘stona muhit dunyosida har biringiz ertaklardagi qahramonlarga aylanyapsiz — bularning barchasi Magic City sayilgohida ro‘yobga chiqadi!

Hozirgi vaqtda ijaraga berilayotgan hududlar dunyoning mashhur — Rim, Parij, Berlin, Barselona, Moskva, Misr, Praga, London, Venetsiya, Amsterdam va Vena poytaxtlari sifatida aks ettirilgan. Bu yerda umumiy maydoni 50 dan 1000 kv.m gacha bo‘lgan do‘konlar, butiklar, kafelar, restoranlar va boshqa obektlar joylashgan. Ular orasida sizning shaxsiy muassasangiz ham bo‘lishi mumkin!

Hozirgi paytda LC Waikiki, DeFacto va KFC kabi xalqaro brendlar ijarachilarimiz qatorida bo‘lishga muvaffaq bo‘lishdi. Bundan tashqari, sayilgohni yaratishda Italiyaning Zamperla ko‘ngilochar kompaniyasi, suv slaydlari va akvaparklar ishlab chiqaruvchi Polin Waterparks turk kompaniyasi, Sega Corporation xalqaro kompaniyasi, bouling sohasidagi dunyodagi yetakchi QubicaAMF kompaniyasi, Belgiyaning Barco texnologiya kompaniyasi, Dome+Partners xalqaro arxitektura va dizayn kompaniyasi ishtirok etmoqda.

Sayilgohdagi barcha ko‘p yillik daraxtlar saqlanib qolgan, shuning uchun kunning istalgan vaqtida bu yerda dam olish qulay bo‘ladi. Bundan tashqari, soyali xiyobonlar biznes uchun muhim qo‘shimcha hisoblanadi: yoyilgan novdalar soyasida siz kafe va restoranlar uchun qulay terassalarni tashkil qilishingiz mumkin.

Imkoniyati cheklanganlar uchun barcha sharoitlarni yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda, shu jumladan ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan yo‘llar va nogironlar aravachasida bo‘lganlar uchun rampalar o‘rnatilmoqda.

Loyihaning yana bir afzalligi – maskan atrofida harakatlanadigan va sizni sayilgohga olib boradigan avtobus mavjudligi. Magic City’ning keng hududi bo‘ylab golfkarlar tashrif buyuruvchilarni avtoturargohdan sayilgohning kerakli joyiga olib borish uchun aylanib yuradi.

Sayilgoh tematik va ko‘ngilochar dasturi mavzusining muntazam ravishda o‘zgarib turishi, umumiy maydoni 8 500 kv.m ni tashkil etuvchi musiqiy favvora, har hafta oxirida tashkil etiladigan mushakbozlik — bularning barchasi sayilgohga kuniga 50 mingdan ziyod mehmonlarni jalb qilish imkonini beradi.

Magic City — bu biznesingiz uchun qulay hudud! Har bir kishi sayohatlar mo‘jizasiga ishonch hosil qila oladigan, jahonga mashhur ko‘chalar bo‘ylab sayr qilish va dunyo mo‘jizalarini ko‘rish mumkin bo‘lgan biznes uchun manfaatli joy bo‘lishi mumkin!

Magic City loyihasi The Magic kompaniyasiga tegishli.

Hamkorlik va ijaraga joy olish uchun telefon: +998 71 202 77 99

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid