Lukashenko Rossiyani to‘xtatish uchun Belarus-Ukraina ittifoqini tashkil etishni taklif qilgan – Donald Tusk
Yevrokengashning sobiq prezidenti Donald Tusk 2014 yilda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Yevropa davlatlari yetakchilariga Rossiyani to‘xtatish uchun Belarus-Ukraina ittifoqini tashkil etishni taklif qilgani haqida ma'lum qildi. Tusk bu haqda Onet portaliga bergan intervyusida so‘zlab berdi.
Lukashenko bu ittifoqqa o‘zini rahbar etib tayinlashni taklif qilgan.
Tuskning ta'kidlashicha, u o‘shanda Polsha bosh vaziri lavozimini egallagan vaqtda Belarus prezidenti unga qo‘ng‘iroq qilib, Yevropa ittifoqi, Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachi bo‘lishga tayyorligini bildirgan.
Tuskning ta'kidlashicha, Lukashenko bu taklifni 2014 yil bahorida bildirgan. U ittifoq tuzilishi Rossiyaning tajovuzkor niyatlarini to‘xtatishning yagona yo‘li ekaniga sha'ma qilgan.
“Men bu haqida avval gapirmagan, chunki vaziyat shunday bo‘lgan. Minsk Ukrainadagi o‘sha “qaynoq” kezlarda Yevropa ittifoqi, Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachilik qilishga uringan paytlari Lukashenko menga qo‘ng‘iroq kilgan. U o‘zini Ukraina muammosini hal qilish kafili bo‘la olishiga Yevropa ittiqofini ko‘ndirishni hamda uning Belarus-Ukraina ittifoqini tuzish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashni taklif qilgan”, deb ma'lum qilgan Tusk intervyuda.
Tuskning fikricha, Lukashenko hokimiyatni yo‘qotishdan qo‘rqib shunday taklif bilan chiqqan. Uning ta'kidlashicha, o‘shanda hamma Rossiya Qrimning anneksiyasi bilan to‘xtab qolmasligidan xavotir qilgan, Lukashenko esa voqealarning nazoratsiz tus olishidan va uning qurboniga nafaqat Ukraina, balki Belarus ham aylanishidan qo‘rqqan. Bu esa Belarus prezidentining yakuni bo‘lishini anglatgan.
Ayni vaqtda Belarusda Lukashenkoga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilarga qarshi kuch qo‘llangani sababli AQSh, Yevropa ittifoqi va Britaniya Belarusga qarshi sanksiyalar kiritishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
17:24
The Times: Kiyev bir necha oy ichida oddiy atom bombasini yaratishi mumkin
16:08
Blinken: AQSh Tramp kelishidan oldin Ukrainaga yordamni kuchaytiradi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024