Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel Navalniyning zaharlanishini uning og‘zini yopishga urinish deb atadi
Germaniya kansleri Angela Merkel muxolifatchi Aleksey Navalniyning zaharlanishi borasidagi vaziyat bo‘yicha Moskvadan izoh talab qildi.
Uning qayd etishicha, Navalniy «Novichok» guruhiga mansub zaharlovchi moddadan foydalanilgan holda amalga oshirilgan hujum qurboni bo‘lgan. Ekspertiza natijalari bunga hech qanday shubha qoldirmaydi, dedi kansler.
«Shu tarzda, Aleksey Navalniy jinoyat qurboni bo‘lganligi ko‘rinib turibdi. Uni jim yurishga majbur qilmoqchi bo‘lishgan. Buni butun federal hukumat nomidan qoralayman», — dedi Merkel.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Navalniyning zaharlanishi munosabati bilan faqat Moskvadagilar javob berishi mumkin bo‘lgan murakkab savollar tug‘ilgan. Merkel javoblarni butun dunyo kutishini ta'kidladi.
Merkelning bayonoti Germaniya hukumati Navalniyning organizmida «Novichok» guruhiga oid zaharli modda izlari topilgani to‘g‘risida rasmiy bayonot berganidan so‘ng e'lon qilindi.
Moskva toksikologik ekspertiza natijalarini olmaganligini bildirdi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Navalniy Berlindagi klinikaga olib ketilguniga qadar uning organizmida zaharli moddalar aniqlanmaganligini aytdi.
Aleksey Navalniy 20 avgustdan buyon koma holatida yotibdi. U Tomskdan Moskvaga uchayotgan samolyotda hushini yo‘qotgandi. Samolyot favqulodda qo‘nishni amalga oshirganidan so‘ng siyosatchi Omskdagi kasalxonaga yotqizilgan, u o‘pkaga sun'iy nafas berish qurilmasiga ulangan.
Qator tekshiruvlardan so‘ng omsklik shifokorlar Navalniyning organizmida zahar asoratlari topilmaganini ma'lum qilishdi.
Navalniy 22 avgust kuni Berlinga olib ketildi va «Sharite» klinikasiga yotqizildi. Klinika mutaxassislari siyosatchi ingibitor xolinesterazalar guruhiga kiruvchi toksin bilan zaharlanganini bildirishdi.
2 sentabr holatiga ko‘ra, Navalniy hali-hamon sun'iy komada. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, zaharlanish oqibatida paydo bo‘lgan simptomlar kamaymoqda, ammo siyosatchining sog‘ligi holati jiddiyligicha qolmoqda.
Mavzuga oid
21:30 / 22.03.2023
Navalniy hamkasbi Mariya Pevchix xalqaro KQKF rahbari bo‘ladi
17:39 / 17.01.2023
«Rossiya - mening mamlakatim. Men zulmat chekinishiga ishonaman». Aleksey Navalniyning qamoqdan maktubi
23:41 / 22.12.2022
Navalniy jamoasi darknetda «maxfiy shtab-kvartira» ishini muvofiqlashtiruvchi sayt ochdi
21:45 / 02.10.2022