Bunday zaharlar orasida «Noviçok» nomi bilan nomlangan zahar ham bor. Buyuk Britaniya rasmiylariga köra, Rossiya davlat razvedka boşqarmasining sobiq xodimi Sergey Skripal ana şunday turdagi zahar bilan zaharlagan. Germaniya kansleri Angela Merkel allaqaçon Rossiyadan aybdorlarni topişni talab qilgan.
20 avgustdan beri komada yotgan Rossiya muxolifat yetakçisi Aleksey Navalniyning tahlil tekşiruvlarining dastlabki natijalari u Germaniyaga olib borilgandan söng ikki kun ötib, 24 avgust kuni Berlinda «Şarite» klinikasi tomonidan e'lon qilindi. Klinika veb-saytida e'lon qilingan bayonotda Navalniy zaharlangani aytilgan.
Navalniy Moskvaga uçayotgan samolyotda huşini yöqotgandan söng dastlabki ikki kunni koma holatida Omskda ötkazgan. U yerda uning soğligi uçun mutasaddi bölgan rossiyalik şifokorlar germaniyalik hamkasblari tomonidan e'lon qilingan taşxis natijalarini rad etişdi. Rossiya IIV Tergov qömitasi Navalniyning zaharlanişi yuzasidan tegişli modda böyiça jinoiy iş qözğatişni rad etdi.
«Alohida, yana bir bor aytmoqçiman: şifokorlar Alekseyning toksik modda bilan zaharlanganini aytişdi. Bu mening taxminim emas, balki uni körikdan ötkazgan nemis şifokorlarning xulosasi. Omsk kasalxonasining boş şifokori barçani aldab keldi», deb yozib qoldirgan Navalniyning matbuot kotibi Kira Yarmiş tvitterdagi sahifasida.
Germaniyalik şifokorlar ötkazgan klinik tadqiqotlar natijalariga köra (ular bir neça mustaqil laboratoriyalar tomonidan tasdiqlangan) Navalniy ingibitor xolinesterazalar guruhidagi modda bilan zaharlangan. Şifokorlar bu aynan qaysi moddaligini aniqlay olişmagan.
«Şarite» klinikasi Navalniy zaharlangan deb bayonot bergandan söng, Omsk viloyati va Sibir federal okrugi boş toksikologi Aleksandr Sabayev Navalniyni tekşirganida unda ingibitor xolinesterazalar aniqlanmaganini aytdi.
«Navalniy sun'iy komada qolmoqda va atropin dori vositasi bilan bilan davolanmoqda. Hozirda muxolifatçi hayotiga jiddiy tahdid yöq, ammo zaharlanişning, ayniqsa asab tizimidagi jarohatlarning uzoq muddatli oqibatlarini istisno qilib bölmaydi» deyiladi «Şarite» bayonotida.
Ingibitor xolinesterazalar nima?
Hayfa şifoxonasining reanimatori Mixail Fremderman (u 2014 yilgaça Sankt-Peterburgdagi 26-kasalxonaning reanimatsiya bölimi boşliği vazifasida işlagan) «ingibitor xolinesterazalar – bu asab tizimi orqali impulslarning tarqalişini bloklaydigan fosfor-organik moddalar guruhi» deb tuşuntiradi.

REUTERS
«Biz klinik amaliyotda uşbu moddalarning öxşaşlarini qöllaymiz, çunki bu ingibitorlar jarrohlik operatsiyasidan söng behuş yotgan bemorning muşaklar blokadasini tiklaş uçun qöllanadi. Avval muşaklarni böşaştiradigan dorilarni yuboramiz, söng, ingibitorlar yuboriladi», deydi AQŞdagi Tufs Medical Center markazining anesteziologiya va reanimatsiya bölinmasi perioperativ tibbiyot bölimining boşliği Konstantin Balonov. Ingibitor xolinesterazalar şuningdek Alsgeymer kasalligini davolaşda işlatiladi, deya qöşimça qiladi u.
Moskva davlat universiteti ixtisoslaşgan fakultetlaridan birining xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi (mavzu «nozikligi» sababli ism-şarifini oşkor qilmaslikni söragan), ingibitor xolinesterazalar sinfini şartli ravişda ikki guruhga böliş mumkinligini tuşuntiradi: «Terapevtik maqsadlarda işlatiladigan çeklangan moddalar mavjud. Masalan, köz jarrohligi sohasida. Şuningdek, kuçli zaharlar mavjud. Bular juda yuqori darajada toksik harbiy zaharlar. Ularning har qanday dozasini qabul qilganda ölimga olib keladi. Uşbu guruhning moddalari sun'iy ravişda sintezlanadi, ular qattiq va suyuq ham bölişi mumkin»
«Navalniyni zaharlaşgan moddalar uzoq vaqtdan beri işlatib kelinayotgan harbiy moddalar bilan bir xil – Tokio metrosida «Aum Sinrikyo» sektasi (bu taşkilot Rossiyada terrorçi taşkilot deb tan olingan va taqiqlangan) tomonidan purkalgan sarin gazidan tortib «Noviçok»kaça. Biz Navalniyni qasddan zaharlaşgan deb xulosa çiqarişimizga asoslar bor», deydi Fremderman.
Balonovning ta'kidlaşiça, Navalniydan topilgan modda – bu «Noviçok» bilan mutlaqo bir xil: «Bu moddalar uruşda odamlarni öldiriş uçun işlatilgan kimyoviy zahar bilan bir turdagi guruhdan».
«Noviçok» – bu asab tolalarini işdan çiqaruvçi moddalar oilasiga kiruvçi zahar. Buyuk Britaniya hukumatining da'vo qilişiça, şunga öxşaş zahar 2018 yil mart oyida Solsberi şahrida Rossiya razvedka boşqarmasining sobiq xodimi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani öldirişga urinişda işlatilgan. Buyuk Britaniya rasmiylarining ta'kidlaşiça, öşanda «Noviçok» rus maxsus xizmatlari tomonidan işlatilgan. Rossiya rasmiylari esa buni rad etib keladi.
Ingibitor xolinesterazalar inson tanasiga qanday ta'sir qiladi?
MGU xodimining bildirişiça, bunday moddalar tanadagi atsetilxolin tarkibini «tanadagi asosiy vositaçilardan biri» sifatida oşiradi. Bu, öz navbatida, muşaklarga, nafas oliş organlariga, yurak faoliyatiga, qon bosimiga kuçli ta'sir körsatişni boşlaydi va içki organlar hamda asab tizimini işdan çiqaradi.
«Odam huşini yöqotadi, unda sudurgi röy beradi va komaga tuşadi. Uşbu turdagi zaharning ba'zi turlarini hatto teriga yuboriş ham insonning oğir zaharlanişiga kifoya qiladi», deydi Fremderman.
Balonovning sözlariga köra, Navalniydagi ilk alomatlar – terlaş, kuçli oğriq bular taniqli siyosatçining aynan ingibitor xolinesterazalar bilan zaharlanganiga işora qiladi. Omskda Navalniyning bunday zaharlanişini «aniqlay olişmagani» ğalati.
«Omskda qon tarkibidagi moddalarni aniqlaş uçun laboratoriya diagnostikasi bölmasa ham, Moskvadan kuçli mutaxassislar kelib toksikologlar bilan maslahatlaşdi. Ular Navalniyni aynan ingibitor xolinesterazalar bilan zaharlanganini bilmasligi mumkin emas edi», deydi Balonov.
MGU xodimi ham omsklik şifokorlar Navalniyning zaharlanganini aniqlay olmaganiga şubha bildiradi. Uning aytişiça, hatto zarur uskunalar bölmagan taqdirda ham ingibitor xolinesterazalar bilan zaharlangan bemorni har qanday reanimatolog klinik belgilariga qarab ham aniqlaşi mumkin.
Uşbu mutaxassis organizmdan «Noviçok»ni yöq qiliş uçun qança vaqt kerak bölişi haqidagi savolga aniq javob yöqligini ta'kidladi. Uning aytişiça, zamonaviy texnologiyalar keyin ba'zi moddalarning «nanogrammasi»ni kunlar, haftalar va oylardan keyin ham topib berişi mumkin.
Navalniyni qanday davolaş mumkin va unda nima asoratlar qoladi?
Fremdermanning aytişiça, atropin dorisi ingibitor xolinesterazalar kabi zaharlarga qarşi vosita bölib, tomir içiga katta dozada yuboriladi. Şifokorning aytişiça, omsklik şifokorlaridan heç biri Navalniyga zaharlanişga qarşi atropin qöllaşgani haqida gapirmagan. Ammo nemis şifokorlarining Navalniy zaharlangani haqidagi gaplaridan söng, oradan ikki soat ötib, rossiyaliklar Omskdagi şifoxonaning anesteziologiya va reanimatsiya bölimi boşliğini topib «gapirtirişdi». U Navalniyga bir marta antropin yuborilganini, keyinçalik vaziyat oydinlaşi kutilgani uçun boşqa yuborilmaganini aytdi.
Fremderman esa zaharlaniş holati bölganda, kasallikning klinik körinişi nazorati ostida atropinni faqat tomir içiga uzoq muddat uzluksiz yuborilişi kerakligi, ana şundagina u bemorga ta'sir qilişi, bir martalik qisqa yuborişning nafi juda kam bölişi haqida gapirgan.
«Rossiyalik şifokorlarning avvalgi gaplaridan şuni taxmin qiliş mumkinki, Omskda ular faqat sindromlarni davolaş bilan çeklanişgan. Ular öpka ventilyatsiyasi va boşqa çoralarni qöllaşni muhokama qilişgan. Ammo bemorga antropin qöllaşmagan. Navalniyga atropin qöllaşgani masalasi juda muhim hisoblanadi. Agar unga katta dozada atropin berilmagan bölsa, unda Omskdagi şifokorlar uning zaharlanganini yaşirgan. Agar siyosatçiga katta dozada atropin berişgan bölsa, unda ular uning zaharlanganini aniq bilişgan», deydi Fremderman.
Avvalroq Omsk viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasi, Rossiya tomoni Navalniyning tadqiqot natijalarini Germaniyaga yuborişga tayyorligini aytgandi. Agar bu iş amalga oşsa ana şunda germaniyalik şifokorlar uning «butun klinik dinamikasi»ni kuzatişlari mumkin bölar edi.
Fremdermanning ta'kidlaşiça, ingibitorlar tanadan juda tez tozalanadi. «Balki, ular bemor holatining keyingi dinamikasini körişni xohlaşgani uçun Navalniyning Germaniyaga borişiga ruxsat bermay turişgan», deydi u.
«Agar Omskda kimdir bunday zaharlaniş haqida taxmin qilganida, bemorga birinçi navbatda atropin buyurilardi. Qolaversa, bu dori hamma joyda topiladi va unça qimmat emas», deydi Balonov.
Öz navbatida, «Noviçok» zaharli moddalar oilasining yaratuvçilaridan biri Vladimir Uglev Navalniyni davolaş uçun aynan atropin işlatilganidan hayron böldi. «Noviçok» uçun atropin qöllaş maqbul emas emas. U bilan davolaganda bemorning ahvoli yanada yomonlaşişi ham mumkin. Agar atropin işlatilgan bölsa, u holda Navalniyga kimyoviy jangovar zaharning emas, balki antixolinesterazaning ta'siri bölgan.
Şu bilan birga, Uglev «Şarite»da eslatib ötilgan modda rus şifokorlari tomonidan aniqlanişi mumkinligini tan oldi.
«Noviçok»da organizmdagi zaharli moddalarni zararsizlantiriş qöllanadigan maxsus dorilarga qarşilik körsatuvçi moddalar ham bölişi mumkin. U asosan harbiy tibbiyotda qöllanadi. «Noviçok» bu oddiy zahar emas, balki jangovar zahar. Unga qarşi atropin töğri qöllanişi kerak. Bunda ingibitor atsetilxolinesteraza bilan zaharlanganda uni töğri qöllaş juda muhim», deydi Balonov.
Şifokor tuşuntirganidek, atropin zahar ta'sirini kamaytiriş sifatida universal işlaydi va zahar ta'siridan qoçişga yordam beradi.
Şuning uçun, jarrohlik amaliyotidan keyin atropin ingibitor atsetilxolinesteraza bilan birgalikda yuboriladi, deb ta'kidladi anesteziolog. Balonovning sözlariga köra, Navalniyning ahvoli u qabul qilgan toksik dorining dozasiga boğliq böladi.
«Agar Navalniyni uç kun davomida komadan çiqarişning imkoni bölmasa, demak u zaharni oğir dozada qabul qilgan. Bugun eng noaniq qolayotgan narsa u öziga kelganidan söng unda zaharlaniş qanday asoratlar qoldiradi, şu bölyapti. Qandaydir jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkinmi yoki yöq?! Mazkur zaharlaniş tufayli Navalniy bir neça oy oyoqqa tura olmasligi ham mumkin», deydi Balonov.
«Salbiy asoratlar uning uzoq vaqt ongsiz ravişda komada bölgani bilan boğliq bölişi mumkin. Afsuski, uning soğayiş muddati uzoq davom etadi va apallik sindrom ehtimoli bor hamda ikkilamçi özgarişlar boşlanganda bemor ança payt oyoqqa tura olmasligi mumkin», deydi Fremderman nemis şifokorlarining taxminiga izoh berib.
BBC Moskvadagi 1-sonli şifoxonaning anesteziologiya va reanimatsiya bölimi boşliği Boris Teplixga Navalniyning Omskda yotgan davri bilan boğliq işlar, Berlindagi klinika şifokorlarining bayonoti haqida izoh sörab murojat qildi. Uşbu şifokor Navalniy Omskdagi kasalxonaga yotqizilganda zudlik bilan Moskvadan yetib borgan edi. Ammo Teplix izoh bermadi. U işlayotgan tibbiyot muassasi matbuot xizmati Navalniyning zaharlanişi bilan boğliq barça izohlar faqat Rossiya Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmatining ruxsati bilan amalga oşirilişini ma'lum qildi.
Navalniy bilan nima sodir bölgan edi?
Navalniy 20 avgust kuni ertalab Tomskdan Moskvaga uçayotgan S7 aviakompaniyasining bortida özini yomon his qiladi. Uning matbuot kotibi Kira Yarmişning sözlariga köra, siyosatçi ertalab Tomsk aeroportida sotib olingan çoydan boşqa heç narsa yemagan va içmagan. Keyinçalik, öşa çoy orqali noma'lum toksin muxolifatçi tanasiga kirgan bölişi mumkinligi taxmin qilindi.
Samolyot havoga kötarilgandan söng köp ötmay Navalniyning mazasi qoçadi. U terlay boşlaydi. Söng hojatxonaga boradi va u yerda huşini yöqotadi. Öşa paytda samolyotda bölgan boşqa yölovçilar Navalniy oğriqdan qiçqirayotgan holatni tasvirga tuşirib ijtimoiy tarmoqlarga joylay boşlaşadi.
Rossiyalik muxolifatçiga birinçi tibbiy yordam samolyot bortida körsatiladi. Şundan söng samolyot orqaga qaytadi va uni tez yordam maşinasida Omskdagi kasalxonaning reanimatsiya bölimiga olib boradi.
Bu paytga kelib Navalniy komaga tuşib qolgan va unga sun'iy nafas oliş apparati ulab qöyilgandi. Öşanda Rossiyaning bir qator ommaviy axborot vositalari, şu jumladan «Interfaks» axborot agentligi Navalniy «noma'lum psixodisleptik» bilan zaharlangan bölişi mumkinligini xabar qiladi.
Ammo Omsk kasalxonasi uşbu taşxisni rad etadi. Navalniy yotqizilgan uşbu kasalxonaning boş şifokori Aleksandr Muraxovskiyning sözlariga köra, öşanda şifokorlar muxolifatçiga beşta taxminiy taşxis qöyişgan (taşxislar oşkor etilmagan). Uning siydigida zahar yoki boşqa zaharli moddalar topilmagan.

Keyinçalik Muraxovskiy, Navalniyni davolangan şifokorlarning fikriga tayanib, siyosatçi zaharlaniş tufayli emas, balki «qonda şakar miqdorining keskin pasayişi» tufayli yuzaga keladigan «uglevodlar muvozanati buzilganligi sababli» komaga tuşib qolgani haqida gapirgan.
«Şifokorlar alyansi» rahbari va Navalniyning şifokori Anastasiya Vasileva metabolik kasalliklar tanada moddalar almaşuvi buzilişi emas, balki zaharlaniş natijasida yuzaga kelişi mumkin bölgan holatligini tuşuntirib, Muraxovskiyning versiyasini tanqid qilib çiqdi.
Navalniy kasalxonaga yotqizilgandan söng uning jamoasi va oilasi omsklik şifokorlar siyosatçining ahvoli töğrisida ma'lumot bermaganidan şikoyat qilişdi.
Siyosatçining rafiqasi Yuliya Navalnaya juma kuni erini davolaniş uçun Germaniyaga olib ketişga tayyor edi. Öşa kuni nemis şifokorlaridan iborat guruh zarur tibbiy jihozlar ortilgan charter reys bilan Omskka uçib keldi. Keyinçalik Navalniyning maslakdoşi Leonid Volkov charter reys uçun mablağni işbilarmon Boris Zimin va uning oilasi öz jamğarmasi hisobidan tölaganini ma'lum qildi.
Ammo omsklik şifokorlar Navalniyning soğliğini xavf ostiga qöyib, siyosatçini Germaniyaga olib ketiş uçun ruxsat berişmadi. Rossiya qonunlariga köra, huşsiz holda yotgan bemorni qanday davolaş töğrisidagi qaror şifokor yoki şifokorlar kengaşi tomonidan qabul qilinadi. Şundan söng, Yuliya Navalnaya Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojat qilib turmuş örtoğini Germaniyaga olib ketiş uçun ruxsat söradi. Uning murojatiga Kremldagilar öta diplomatik tarzda Navalniyning tezroq soğayib ketişini istayotganlarini va yordam berişga tayyor ekanliklarini, ammo siyosatçini köçiriş qarori faqat u yotgan kasalxona şifokorlari tomonidan qabul qilinişini bildirişdi.
Navalniyning soğligi masalasida dunyoning közga köringan davlat rahbarlari, jumladan Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va AQŞ prezidenti Donald Tramp hamda Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi xavotir bildirdi.
Nihoyat 21 avgust, juma kuni keçqurunga borib Navalniyni Germaniyaga olib ketişga ruxsat berişdi şanba kuni ertalab u Germaniyaga olib ketildi.
28 avgust kuni «Şarite» klinikasida Navalniyning soğliği uçun mas'ul bölgan şifokorlar siyosatçining holati mö'tadil ekanini va u hamon sun'iy koma holatida qolayotganini ma'lum qildi.
29 avgust kuni «Şarite» klinikasi siyosatçining ahvoli barqarorligiça qolayotgani, biroq xolinesteraza ingibitorlari ta'siridan kelib çiqqan simptomlarda biroz yaxşilaniş boşlangani haqida xabar berdi.
U intensiv terapiya bölimida qolmoqda. Navalniy öpkani sun'iy nafas oldiriş apparatiga ulangan va sun'iy koma holatida. Uning ahvoli oldingidek oğir deya baholanmoda, biroq siyosatçining hayotiga bevosita xavf tuğdiradigan heç narsa yöq.
«Ammo bemorning zaharlaniş darajasi oğirligi hisobga olinadigan bölsa, sodir bölgan hodisa unga uzoq muddatli oqibatlarni prognoz qilişga hali erta», deydi mutaxassislar.
Davolovçi şifokorlar bemorning turmuş örtoği Yuliya Navalnaya bilan muntazam aloqada bölib turibdi.












