Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litvaga AQSh harbiylari va tanklari yetib keldi. Ular Belarus chegarasi yaqinida harbiy mashg‘ulot o‘tkazadi
Litva mudofaa vazirligining ta'kidlashicha, mashg‘ulotlar avvaldan rejalashtirilgan va "mintaqadagi biror-bir voqea bilan bog‘liq emas".
Litvaga AQSh harbiylari hamda zirhli og‘ir texnikasi yetib keldi. Ular Belarus bilan chegara yaqinidagi general Silvestras Jukauskas nomli poligonda hamkorlikda mashg‘ulot o‘tkazadi. Bu haqda Litva mudofaa vazirligi xabar bermoqda.
Mashg‘ulotlarda Amerikaning Abrams jangovar tanklari, Bradley platformalari, vezdexodlari va boshqa yordamchi texnikalari ishtirok etadi. Harbiy mashg‘ulotlarga shuningdek, Litva askarlari va NATOning Litvadagi bataloni qo‘shiladi.
Litva mudofaa vazirligining ta'kidlashicha, mashg‘ulotlar avvaldan rejalashtirilgan va "mintaqadagi biror-bir voqea bilan bog‘liq emas".
Avvalroq Litva armiyasi vakili 14-25 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan mashg‘ulotlarda AQSh qo‘shinlaridan tashqari Fransiya, Italiya, Germaniya, Polsha va boshqa mamlakatlarning 1000ga yaqin askari va samolyotlari qatnashishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:56 / 27.05.2026
Latviya va Litva Rossiya elchilarini chaqirtirdi
21:31 / 21.05.2026
Litva TIV rahbari NATO kuchlari Rossiyaning Kaliningraddagi harbiy bazalarini «yer bilan bitta qila olishi»ni aytdi
12:23 / 24.03.2026
Litva Belarusdan dron uchib kelganini ma’lum qildi
15:45 / 23.03.2026