Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SpaceX navbatdagi 60 ta sun'iy yo‘ldoshni orbitaga chiqardi
AQShning SpaceX kompaniyasi Starlink internet tarmog‘ini shakllantirish uchun mo‘ljallangan navbatdagi 60 ta sun'iy yo‘ldoshni orbitaga chiqardi.
Ma'lum qilinishicha, sun'iy yo‘ldoshlar orbitaga Falcon 9 raketasi yordamida chiqarilgan. Parvoz Floridadagi kosmodromdan 3 sentabr mahalliy vaqt bilan soat 8:46da amalga oshirilgan. Parvoz startidan 9 daqiqa o‘tib raketaning birinchi pog‘onasi Atlantika okeanidagi platformaga qo‘ngan.
Har birining og‘irligi 260 kg bo‘lgan sun'iy yo‘ldoshlar muayyan balandlikka chiqarilgach, o‘z dvigatellari yordamida 550 kmgacha orbitaga ko‘tarilgan.
Starlink tarmog‘i sayyoradagi barcha odamlarni tezkor va sifatli internet bilan ta'minlashga qaratilgan. Amalga oshirilgan parvoz tarmoqni shakllantirish doirasidagi 12-parvoz bo‘ldi. Avvalgi parvoz 18 avgustda amalga oshirilgan va uning doirasida orbitaga 58 ta sun'iy yo‘ldosh chiqarilgan. Hozirda orbitadagi sun'iy yo‘ldoshlar soni 653 ta yetgan. Ushbu loyihani amalga oshirishga yo‘naltiriladigan investitsiyalar umumiy qiymati 10 mlrd dollarga baholanadi.
Mavzuga oid
07:17 / 19.02.2026
Yashirinishga joy yo‘q: harbiylarga real vaqtda ma’lumot beradigan qudratli sun’iy yo‘ldoshlar
18:25 / 16.02.2026
«Mirzo Ulug‘bek» ilmiy sun’iy yo‘ldoshi 2028 yilda uchirilishi mumkin
07:46 / 12.02.2026
Kosmosdagi birinchi megapolis: SpaceX amaliy bosqichga o‘tmoqda
20:50 / 01.02.2026