Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqara O‘rta yer dengizida Rossiya bilan ittifoq tuzish ehtimoliga izoh berdi
Foto: Anadolu
Turkiya mintaqada tinchlik ta'minlanishi uchun barcha mamlakatlar bilan muloqot qilishga tayyor, dedi Turkiya adolat va taraqqiyot partiyasi vakili Omer Chelik.
Siyosatchi O‘rta yer dengizining sharqiy qismida Rossiya bilan ittifoqchilik qilish ehtimoliga izoh berdi, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi.
Chelik Turkiya NATO a'zosi ekanligini va alyans har bir imkoniyatda Rossiya qiyofasida raqibni ko‘rishini eslatib o‘tdi.
«Rossiya bir necha yildan buyon Suriyada operatsiyalar o‘tkazmoqda, NATO bloki esa bu yillar davomida Suriya nizosini hal qilish rejasini ishlab chiqmadi. Moskva Liviyadagi jarayonlarda ham ishtirok etyapti. NATO esa Afrika shimolidagi kelishmovchiliklarni hal qilish bo‘yicha taklif bilan chiqmayapti. Bundan tashqari, Rossiya sharqiy O‘rta yer dengizida ham o‘yinchi hisoblanadi, alyans esa yana aniq pozitsiyani egallagani yo‘q», - dedi Chelik.
Chelikning aytishicha, asosiy muammo NATO blokining o‘zidagi qarama-qarshiliklarda.
«Agarda O‘rta yer dengizi bo‘yicha aniq konsepsiyangiz borligi haqida aytayotgan bo‘lsangiz, u holda nega mintaqada Rossiyaning ta'siri kuchaymoqda?», - dedi siyosatchi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap Turkiyaning Rossiya bilan ittifoq bo‘yicha rejasi bor-yo‘qligida emas, balki Rossiyaning sharqiy O‘rta yer dengizida bo‘lishi fonida Anqaraning mintaqada barqarorlikni ta'minlashga urinishida.
Mavzuga oid
10:34
Deripaska Telegram'dan urushga oid postlarni o‘chirib tashladi
08:39
Xarkivga zarba: shahar va viloyatning 80 foiz qismi elektrsiz qoldi
16:08 / 26.01.2026
YeIda Rossiya diplomatlari uchun cheklovlar kuchga kirdi
14:51 / 26.01.2026