Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA Oyga eng qisqa yo‘l uchun patent oldi
NASA koinot agentligi olimlari Yerdan Oyga yetib borishning maksimal tez va arzon yo‘lini topishdi va unga patent olishdi. Oyga yangi yo‘nalish ko‘p vaqtni tejashga va buning natijasida yonilg‘i tejalishiga imkon beradi.
Foto: NASA
Science Alert nashrida ma'lum qilinishicha, yangi yo‘nalish Oyga parvozga ketadigan vaqtni yarim yildan 2,5 oygacha qisqartirish imkonini beradi.
Buning natijasida nafaqat yonilg‘i tejaladi, balki Oyga uchadigan kema bortiga ko‘proq texnika olish imkoni paydo bo‘ladi.
Birinchi qarashda, Yerdan Oygacha yo‘nalishga patent olish g‘ayritabiiydek tuyuladi. Ammo NASA olimlari yangi yo‘nalishning ishlab chiqilishi uzoq vaqt va aniq tahlil hamda modellashtirishni talab qilgan intellektual mulk deb hisoblashmoqda.
NASA’ning Dark Ages Polarimeter Pathfinder (Dapper) deb nomlangan yangi missiyasi Oyga yetib borishda ushbu yo‘nalishdan foydalanadi. Qurilma past chastotali radioto‘lqinlarni izlash bilan shug‘ullanadi. Olimlar bu ma'lumotlar yordamida qora materiyaning birinchi signallarini topishga umid qilishmoqda.
NASA mutaxassislari yangi yo‘nalishni aynan Dapper’ni Oyga jo‘natish zarurati sababli ishlab chiqishgan. Olimlar oldida qurilmani Oyga yetkazishning iloji boricha arzonroq usulini topish vazifasi turgan. Yangi yo‘nalish bir nechta manyovrlarni o‘z ichiga oladi, ular davomida kema Oy va Yerning tortish kuchidan sekinlashish va tezlashish uchun foydalanadi. Bu esa yonilg‘i tejash imkonini beradi.
Mavzuga oid
16:13
“Qo‘rquv bo‘lishi tabiiy, ammo bu sizni to‘xtatmasin”, - 17 yoshida NASA va SpaceX bilan kosmik loyihani amalga oshirgan Akbar hikoyasi
20:59 / 16.04.2026
Oq uy «olimlarning sirli o‘limi va g‘oyib bo‘lishi» haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi
17:28 / 08.04.2026
Yer «botishi» va Quyosh tutilishi. NASA Oy orbitasidan olingan noyob kadrlarni namoyish etdi
23:12 / 06.04.2026