O‘zbekiston | 12:47 / 05.09.2020
6565
1 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways Toshkent - Nyu-York - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlarni amalga oshiradi

Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarni sotib olish uchun O‘zbekiston Respublikasining Nyu-Yorkdagi Bosh konsulligiga murojaat etish lozim.

Foto : KUN.UZ

Uzbekistan Airways AJ 2020 yil 17 va 27 sentabr kunlari Toshkent - Nyu-York - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlarni amalga oshiradi.

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, parvozlar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

Toshkent - Nyu-York
Toshkentdan ketish vaqti - 06:45, Nyu-Yorkka qo‘nish vaqti -10:55;

Nyu-York-Toshkent
Nyu-Yorkdan ketish vaqti - 12:55, Toshkentga qo‘nish vaqti - 09:55 +1.

Qayd etilishicha, Toshkent - Nyu-York qatnovlariga aviachiptalarni aviakompaniyaning Uzbekistan airways sales filialida va rasmiy veb-saytida hamda Uzbekistan Airways tashuvlarini sotish agentliklari ofislaridan sotib olish mumkin.

Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarni sotib olish uchun O‘zbekiston Respublikasining Nyu-Yorkdagi Bosh konsulligiga murojaat etish lozim.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid