Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun fotosi: Tramp tarafdorlari paradida bir necha kater cho‘kib ketdi
AQShning Texas shtatidagi Trevis ko‘lida AQSh prezidenti Donald Tramp tarafdorlari tashkillashtirgan qayiqlar paradida bir nechta kater cho‘kib ketdi. Jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.
Mahalliy sherif idorasida ma'lum qilinishicha, ko‘lda Tramp sharafiga o‘tkazilayotgan paradda bir nechta kater cho‘kayotgani haqida qo‘ng‘iroq tushgan.
The New York Times nashrining xabar berishicha, kamida 4 ta kater cho‘kib ketgan. Jabrlanuvchilar haqida ma'lum qilinmagan. Voqea sabablari hozircha noma'lumgicha qolmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, parad Facebook orqali tashkillashtirilgan. Tadbirning ijtimoiy tarmoqdagi guruhida paradga 2,6 ming kishi tashrif buyurmoqchi bo‘lgani ma'lum qilingan. Paradda ishtirok etishga barcha o‘lcham va shakldagi qayiqlar taklif etilgan.

Mavzuga oid
08:48 / 02.03.2026
AQShda Eron bayrog‘i tushirilgan futbolkadagi shaxs otishma uyushtirdi
18:51 / 13.02.2026
Texas osmonidagi mojaro: Meksika kartellarining dronimi yoki Pentagonning yangi quroli?
19:40 / 03.09.2025
Xitoyning yadro triadasi, G‘arb uchun signal hamda Putin va Kimning qo‘llovi – Pekindagi parad qanday o‘tdi?
01:00 / 25.08.2025