Xöş, aslida Urgutda nima bölyapti? Masala nahotki ikki mahallaning yoşi uluğlari, faxriylarning aralaşuvi, taşabbusi bilan hal bölmasa?
Biz masalani örganiş uçun Urgut tumaniga borib, dastlab «Kamongaron» mahallasi faollarining fikr bilan qiziqdik.
«Qöşni «Vağaşti» mahallasi bilan bir neça ön yildan beri suv masalasida turli tortişuvlar, kelişmovçiliklar kelib çiqmoqda. Mana, sönggi bir hafta davomida yana öşa muammo qözğaldi. Oçiği, bu umuman mahallalarimiz şa'niga töğri kelmaydi.
Ötgan asrning 60-yillaridan beri biz, kamongaronliklar mana şu toğdan beton ariqlar orqali suv tortib kelganmiz. Içimlik suvini ham maxsus trubalarda olib kelamiz. Bu işlarning hammasi haşar yöli bilan, mahallaning saxovatli odamlarining kömagi bilan amalga oşirilgan.
Qişloğimizga keladigan beton ariq sel kelişi oqibatida ança zarar kördi, ta'mirtalab ahvolga kelib qoldi. Uşbu beton ariqlarni ta'mirlaşga, suv isrof bölmasligi uçun quvurlar taşlaşga qaror qildik. Quvurlar olib kelindi, işlarni haşar yöli bilan boşlab yubordik. 4 sentabr oqşomida vağaştiliklar kelib, trubalarni sindirib, beton ariqlarni buzib ketişibdi. Şundan keyin ikki tomondan ham odamlar yiğildi. Özaro kelişmovçilik va dahanaki jang boşlanib ketdi. Ammo ikki mahalladan ham heç kimga zarar yetgani yöq.
Bizning mahallamiz aholisi vağaştiliklarga qaraganda köp. Şu sababli avvaldan bizning mahallaga suvning 60, narigi mahallaga 40 foizi bölib berilgan. Odamlarimizga ortiqça suv kerak emas, özimizga keladigan suvni isrof bölmasligi va suv yölini obodonlaştiriş uçun harakat qilyapmiz», — deydi «Kamongaron» mahallasi faoli Rabbim Möminov.
Şuningdek, yana bir mehnat faxriysi Soli Mahmudov ham qöşni mahalla odamlari «Kamongaron»ga keladigan beton ariqlarni quvurga almaştirişga yöl qöymayotgani haqida gapirdi.
Oqsoqolning aytişiça, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov mazkur hududga kelib, odamlarni murosa qilişga çaqirgan. Lozim bölsa, uşbu muammoni odamlarning özi emas, sohaning mutaxassislari amalga oşirişi, adolatli taqsimot qilib berilişini ma'lum qilgan.
Narigi mahalla vakillarini ham eşitiş maqsadida Vağaştida böldik.
Darhaqiqat, uşbu ikki mahalla agar suv bilan boğliq ziddiyatlari bölmasa, hudud jihatdan bir-biriga juda yaqin. Qişloqlar bir-biriga kaftdek körinib turadi.
Ne'mat Inoyatov — 84 yoşda, «Vağaşti» mahallasida istiqomat qiladi. Özining aytişiça, ötgan asrning 60-yillarida, aynan ikki mahallaga suv taqsimlangan vaqtlarda mirob bölib işlagan. Otaxon keçagi ziddiyatlardan, yana eski muammo kötarilganidan afsusda ekanligini bildirdi.















