Urgut tumani hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlab kelgan Zuhriddin Amonov yangi lavozimga tayinlandi. U Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi raisining buyruği bilan qömitaning Samarqand viloyati boşqarmasi boşliği lavozimiga işga qabul qilingan.

Uşbu tayinlov 2025 yil 10 iyun kuni amalga oşirilgan. Buyruq bilan Zuhriddin Amonovga boşqarmaning barça bank va moliya hujjatlariga birinçi imzo qöyiş huquqi berilgan.

Zuhriddin Amonov Urgut tumani hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimidan ozod etilgan. Tuman hokimining bu haqdagi hujjati e-qaror.gov.uz platformasida foydalaniş çeklangan axborotlar borligi vaji bilan yaşirib qöyilgan.

Zuhriddin Amonov avvalroq ekişni xohlamagan fermerlarning yeri xitoyliklarga berilişini aytib, OAV e’tiboriga tuşgandi.

“Hurmatli agrofirma raislari, hurmatli mas’ullar! Biz hali Xitoyga borganimizni aytgandik, mana, xitoyliklar kelib, yerlarni körişni boşladi. Ekişni xohlamagan, pillani, ğallani bajarmagan, soliq tölamaganlarning yerini berişni boşlaymiz. Mana, suvli maydonlarni olaman deyapti xitoyliklar. 2 ming gektar maydonni körsatib çiqyapmiz. Yana olamiz”, degan u öz videomurojaatida.

Qişloq xöjaligi vazirligi amaldorning bu gapini keskin qoralab, tegişli idoralar holatga huquqiy baho berayotganini ma’lum qilgandi.