Samarqand viloyati Urgut tuman tibbiyot birlaşmasi faoliyatida 61 mln sömlik kamomad aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata) böyiça jinoyat işi qözğatilgan.

Şu jarayonda tumandagi mahalla fuqarolar yiğinlaridan biri huzurida faoliyat yurituvçi hokim yordamçisi iş böyiça gumon qilinuvçilardan biri manfaatida masalani “ijobiy hal etiş” evaziga 2500 dollar talab qilgan va olgan paytida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan uşlandi.

Tezkor tadbir davomida uşbu pullar mahalliy advokatlik byurosi advokatiga topşirilişi rejalaştirilgani aniqlanib, kuzatuv davom ettirildi. Natijada advokat ham 2500 dollarni qabul qilayotganda aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.

Ma’lumotlarga köra, advokat mansabdor tanişlari orqali işning gumonlanuvçiga taalluqli qismini Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi tartibida tugatib berişni va’da qilgan.

Hozirda hokim yordamçisi va advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28,211-moddalari (pora oliş) asosida jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga köra, hokim yordamçisi avvalroq JK 167-moddasi, advokat esa JK 168-moddasi böyiça sudlangan bölgan. Tergov manfaatlaridan kelib çiqib, boşqa tafsilotlar oçiqlanmagan.