Iqtisodiyot | 15:11 / 07.09.2020
3742
2 daqiqa o‘qiladi

«2019 yilda davlat xaridlarining atigi 30 foizi qonunchilikka mos ravishda hisoblangan» – vazir o‘rinbosari

Bugun, 7 sentabr kuni pandemiya sharoitida iqtisodiy o‘sishni ta'minlash mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda davlat xaridlari tizimini shaffof tashkil qilish xususida so‘z bordi.

Moliya vaziri o‘rinborsari Odilbek Isoqov davlat xaridlarining o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlari haqida ma'lumot berdi.

«Ham davlat, ham korporativ buyurtmachilarni hisobga olsak, o‘tgan yili 100 trln so‘mga yaqin davlat xaridi amalga oshrilgan. Bu qariyb 10 mlrd dollar degani. Ammo uning 30 foizigina davlat xaridlari qonunchiligiga mos ravishda hisobga olingan.

Bundagi asosiy muammolardan biri strategik korxonalarning davlat xaridlari tizimi orqali qamrab olinmaganidadir», deya Isoqovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, davlat xaridi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.

«Hoziriga kunda bu tizimni takomillashtirish uchun qonun loyihasini ishlab chiqyapmiz. Unda strategik korxonalarni ham davlat xaridlari tizimida qamrab olish ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilanadi.

Shuningdek, davlat xaridlari tizimini raqamlashtirish ishlari boshlab qo‘yilgan. Barcha harakatlar elektron ravishda amalga oshiriladi. Bu orqali mablag‘larning samarali sarflanishiga erishiladi. Qonun loyihasi tez kunlarda parlamentga kiritiladi», dedi vazirlik vakili.

Mavzuga oid