Moliya vaziri örinbosari Odilbek Isoqov Özbekistonning moliyaviy barqarorligi va kelajakdagi ösiş istiqbollari böyiça IntelliNews naşriga intervyu berdi.

Pandemiya davrida iqtisodiy ösişga qanday erişildi?

Odilbek Isoqov dastlab ötgan yilgi koronainqiroz davrida respublika iqtisodiyoti nimalar hisobiga ösişga erişganiga töxtalgan.

«Özbekiston iqtisodiyoti 2020 yilda 1,7 foiz ösdi. Bu mintaqadagi sanoqli davlatlarda kuzatilgan ijobiy körsatkiçlardan biri bölib, hukumat va xalqaro moliya institutlari kutganidan ham yaxşiroq natija edi.

Buning asosiy omillaridan biri qişloq xöjaligining normal holatda işlagani bilan boğliq. Ya'ni uşbu tarmoq iqtisodiyotning uçdan bir qismini taşkil etadi. Ikkinçidan, işlab çiqariş kompaniyalarining karantin çeklovlari vaqtida ham işlaşi ta'minlandi. Albatta, metall va toğ-kon sanoati, energetika va kommunal xizmatlar, neft va gaz kabi tarmoqlar iqtisodiyot tayançidir.

Ötgan yili avtomobil işlab çiqariş ham ösdi va yangi maşinalarning içki savdosi oşdi. Katta töylar uçun sarflanmagan pullarning bir qismi (karantin çeklovlari vaqtida taqiqlangan) avtomobillar va boşqa mahsulotlar sotib oliş uçun sarflangan», deydi vazir örinbosari.

2021 yilda Özbekiston iqtisodi qança ösişga erişişi mumkin?

Isoqovga köra, 2021 yilda respublika iqtisodiyotida sezilarli ösiş bölişi prognoz qilinmoqda.

«Özbekiston hukumati bu yil iqtisodiyot 5 foiz va undan köproq ösişini kutmoqda. JP Morgan va Standard & Poor's kabi ba'zi moliyaviy xizmatlar taxminlari bundan ham ijobiy. Iqtisodiyot ösib borişi natijasida mamlakatda iş örinlari yaratiladi, şu bilan birga daromadlar darajasi ham oşadi.

2023 yilga borib muvozanatli konsolidatsiyalangan budjetga erişişini maqsad qilganmiz. Umidimiz şuki, umumiy moliyaviy balans 3 foiz ostida qoladi. Bu nolga aylanişi mumkin, lekin biz buni yaqin kelajakda tasavvur qila olmaymiz.

Davlatning bu yilgi qarz oliş miqdori (budjet qonuniga muvofiq) 5,5 mlrd dollarga teng böladi. Şundan 500 mln dollar ğazna obligatsiyalari va veksellari (mahalliy qarzlar) uçun ajratiladi. 5 mlrd dollar taşqi qarz bölib, uning 3,3 mlrd dollari investitsiya xarajatlariga sarflanadi», deya ta'kidlagan u.