«Bunga normal holat sifatida qarash kerak» – vazir o‘rinbosari ayrim import mahsulotlari uchun davlat xaridlari cheklanganiga izoh berdi
Avvalroq hukumat xorijda ishlab chiqarilgan 529 xil mahsulotning davlat xaridlaridagi ishtirokini vaqtincha taqiqlagandi. Bu taqiq iqtisodchilar va boshqa soha vakillari o‘rtasida keng muhokama qilindi.
Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov O‘zbekistonga importi to‘xtatilgan 529 xil mahsulot atrofidagi muhokamalar yuzasidan izoh berdi, deya xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.
Odilbek Isoqovning aytishicha, davlat xaridlari juda yirik bozor va unda mahalliy tadbirkorlar ishtirokini ta'minlash iqtisodiyot uchun muhim o‘rin tutadi.
«Bu ro‘yxatga yurtimizda tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan va muqobili mavjud bo‘lgan mahsulotlar kiritilgan. Uni kimdir proteksionizm deydi, yana kimdir boshqa fikrlarni bildiradi.
Davlatning strategik maqsadi aholi farovonligini, bandligini ta'minlash, ishsizlikni kamaytirish bo‘lsa, buning uchun nima qilinadi, deganda tadbirkorlarga ko‘proq imkoniyatlar berish, ularga bozorni yaratib berish zarur. Chunki davlat xaridlari eng katta – 12 milliard dollarlik bozor. Yaxlit olib qarasangiz, bu uncha-muncha eksport bozorlaridan katta bozor.
Ayniqsa, pandemiya tugaganidan keyin juda ko‘p tashkilotlarimizda, ko‘plab tadbirkorlarda mana shu bozorlar qisqardi. Eksport qilish salohiyatlari tushdi. Chegaradan o‘tib boshqa mamlakatga borish qanchalik qiyin bo‘lyapti?! Reyslar kamayib ketyapti.
Mana shu bozorni ta'minlab berishimiz, tadbirkorlarga vaqtinchalik bo‘lsa ham kelajakdagi faoliyati, ishchi o‘rinlarini qisqartirmaslik uchun yordam beradi. Umuman olganda, iqtisodiyotimiz o‘sishi uchun foydali.
Balki bu narsalar kelajakda olib tashlanar, men bilmayman. Lekin bu butun dunyoda qo‘llanadigan chora-tadbir, faqat O‘zbekiston uchungina xos emas. Boshqa mamlakatlarda ham shunaqa cheklovlar bo‘lyapti. Bunga normal holat deb qaralishi kerak», – dedi vazirlik rasmiysi.
Avvalroq O‘zbekiston hukumati xorijda ishlab chiqarilgan 529 xil mahsulotning davlat xaridlaridagi ishtirokini vaqtincha taqiqlagani xabar qilingandi. Bu holat iqtisodchilar va boshqa soha vakillari muhokamalariga sabab bo‘ldi.
Shuningdek, deputat Doniyor G‘aniyev davlat xaridlari tizimidagi muammo va kamchiliklar, yangi tahrirda qabul qilinishi kutilayotgan qonun haqida to‘xtalib o‘tgan.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri Senatga ma'qullash uchun kiritildi. Qonunda ko‘plab o‘zgarish va yangiliklar kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Umummilliy birdamlik bog‘larini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi
O‘zbekiston | 20:46
-
Tagliklar, tish cho‘tkalari va boshqa “xavfli” tovarlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bekor qilinadi
Iqtisodiyot | 20:45
-
2025 yilda quvvati 65 megavatt bo‘lgan mingdan ortiq mikro GES quriladi
O‘zbekiston | 20:38
-
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 20:04
Mavzuga oid

22:54 / 14.04.2025
Leapmotor importiga ruxsat berildi, lekin shartlari bor

22:40 / 08.04.2025
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv

22:59 / 05.04.2025
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti

18:02 / 05.04.2025