Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasiga köra, Özbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun çiqaruvçi, ijro etuvçi va sud hokimiyatiga bölinişi prinsipiga asoslanadi.
Mazkur tamoyil tarixiga töxtaladigan bölsak, bu haqdagi ilk qaraşlar Jon Lokk va Şarl Lui Monteske tomonidan bildirilgan. Keyinçalik, uşbu nazariya AQŞda amaliyotga tatbiq etiladi. Aynan şu ölkada bugungi kundagi kabi hokimiyat tizimlarining bir-birini tiyib turiş va muvozanatda uşlaş prinsipi işlay boşladi.
Mazkur prinsip şarofati bilan har bir hokimiyat tizimi boşqasining öz vakolat doirasidan çiqmasligini nazorat qiladi, hokimiyatning suiiste'mol qilinişi va qonunbuzarliklarning oldi olinadi.
Hokimiyat tarmoqlarining bir-birini tiyib turiş va muvozanatda uşlaş prinsipining ayrim unsurlarini Konstitutsiyamizda ham uçratiş mumkin. Jumladan, Konstitutsiyaning 108-moddasiga köra, Konstitutsiyaviy sud qonun çiqaruvçi va ijro etuvçi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligini tekşiradi.

Foto: ksu.uz
Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Konstitutsiyaviy sud sudyasi (bir vaqtning özida sud raisi) Baxtiyor Şamsutdinoviç Mirboboyevning ketma-ket beşinçi marta uşbu lavozimga saylanayotgani, ammo qonunga binoan mazkur lavozimga ikki martadan ortiq saylaniş mumkin emasligi, şuningdek, qonunda uşbu lavozimga 70 yoşdan oşgan kişilarning saylanmasligi belgilangan holda uning 72 yoşida uşbu lavozimni egallagani haqidagi fikrlar avj oldi.
Bir neça kun ötib, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Ş.Polvonov qonunlardan havolalar keltirgan holda uşbu iddaolarning notöğri ekanini ta'kidladi. U bunga isbot sifatida avvalgi qonunning orqaga qaytiş kuçiga ega emasligi, «Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi töğrisida»gi Konstitutsiyaviy qonun 6-moddasining ikkinçi qismida







