Tailand Konstitutsiyaviy sudi boş vazir Pxetxongtxan Çinnavatni kasbiy axloqni buzganlikda ayblab, lavozimidan vaqtinça çetlatdi, deb xabar beradi Associated Press.

«Bugun sudyalar bir ovozdan uni etikani buzişda ayblovçi petitsiyani körib çiqişni ma’qulladi va köpçilik — ikkitaga qarşi yettita ovoz bilan Çinnavatni lavozimdan vaqtinçalik çetlatiş böyiça qaror qabul qildi», - deyiladi agentlik xabarida.

Bunga boş vazirning Kambodja sobiq boş vaziri, hozirda mamlakat parlamenti yuqori palatasi raisi Xun Sen bilan ikki davlat örtasidagi çegara mojarosini muhokama qilgan telefon suhbati tarqalib ketgani sabab bölgan. Ikkala siyosatçi ham yozuvning haqiqiyligini tasdiqlagan.

Petitsiyani Konstitutsiyaviy sudga 36 senatordan iborat guruh kiritgan, ular Pxetxongtxanni axloqiy me’yorlar va konstitutsiyani buzganlikda ayblagan. Pxetxongtxan Çinnavatda özini himoya qilişda dalillarni töplaş uçun 15 kun vaqt bor. Boş vazir vazifasini vaqtinça uning örinbosari bajaradi.

Dam oliş kunlari Bangkokdagi mojaro fonida hukumatga qarşi norozilik namoyişlari bölib ötdi. Hukumatdagi boş vazir koalitsiyasini uning asosiy şerigi bölgan «Bumyajtay» partiyasi ham tark etdi.

Pxetxongtxan Çinnavatning Xun Sen bilan telefon orqali muloqoti 15 iyun kuni bölib ötgandi. Yozuvlarda Tailand boş vaziri Kambodjaning sobiq rahbarini «amaki» deb atagani va may oyida bir nafar kambodjalik askar halok bölgan çegara töqnaşuvlarida öz armiyasining harakatlarini tanqid qilganini eşitiş mumkin.

38 yoşli Pxetxongtxan Çinnavat 2024 yil avgust oyida Tailand boş vaziri etib tayinlangan edi. U Konstitutsiyaviy sud tomonidan kasbiy axloqni buzgani uçun lavozimidan çetlatilgan Settha Thavisin örnini egallagandi.