Buxoroda koronavirusga chalingan fuqaroga kompensatsiya olib berish evaziga 200 dollar so‘ragan firibgar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Tadbirda fuqaro G.T. fuqaro Z.F.ning ishonchiga kirib, o‘zini yuqori turuvchi davlat tashkilotida ishlashini aytib, undan koronavirusga chalingan opasi G.F.ga tanishlari orqali 40 mln so‘m kompensatsiya puli tayinlatib berish evaziga 200 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda, G.T. fuqaro U.dan 2 ming dollar va fuqaro M.dan 750 dollar olib, ularni «Lukoyl» kompaniyasiga ishga joylashtirishni va'da qilib kelgani aniqlangan.
Holat yuzasidan G.T.ga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi «b» bandi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Chinoz va Quva tumanlarida juda ko‘p miqdordagi dori vositalarning noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi
Departamentning Chinoz tuman bo‘limi tomonidan pandemiya sharoitida aholi talabi yuqori bo‘lgan dori vositalarining qimmat narxlarda sotilishi hamda noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda fuqaro Sh.A. xaridorga 65 quti «Kleksan» dori vositasini har bir qutisini 576 ming so‘mdan hisoblab, 37,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Shuningdek, Sh.A.ning ko‘rsatuvlariga asosan tezkor tadbir davom ettirilib, Namangan viloyatida dori vositalarini olib sotish bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolar Ya.M. va A.X.lar Sh.A.dan 65 quti «Kleksan» dori vositalari uchun 37,5 mln so‘mni olgan vaqtida ushlanganlar.
Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Quva tumani bo‘limlari tomonidan kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari ro‘yxatiga kiruvchi dorilarning noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Ya.Ya., S.A. va M.A.lar bilan o‘zaro til biriktirib, xaridor J.ga 40 quti «Lirika 300 mg» dorisini har bir qutisini 75 dollardan hisoblab, 3 ming dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:45 / 22.12.2024
Jizzaxda tadbirkorning binosi uchun foydalanishga ruxsatnoma olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
09:50 / 18.12.2024
Yevropada keksa kishilarni aldagan firibgarlar tarmog‘i fosh etildi
17:03 / 15.12.2024
Buxoroda haydovchi mast holda avtobus boshqarib, odam tashiyotganda ushlandi
10:00 / 10.12.2024