Jahon | 21:55 / 07.09.2020
43525
1 daqiqa o‘qiladi

JSST rahbari mamlakatlarni yangi pandemiyalarga tayyorlanishga chaqirdi

Tedros Adanom Gebreyyesusning qayd etishicha, keyingi yillarda ko‘plab mamlakatlar pandemiyaga javobning asosi bo‘lgan sog‘liqni saqlash sohasiga e'tibor bermay keldi.

Tedros Adanom Gebreyyesus / Foto: Picture-alliance

Kasalliklar tarqalishi va pandemiyalar inson hayotining bir qismi hisoblanadi va barcha davlatlar bularga hozirgi koronavirus pandemiyasiga nisbatan yaxshiroq tayyorlangan bo‘lishi kerak, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus.  

«Bu oxirgi pandemiya emas. Tarix bizni kasalliklar tarqalishi va pandemiyalar hayotimizning bir qismi ekanligini o‘rgatmoqda», — dedi Gebreyyesus.

Uning qayd etishicha, keyingi yillarda ko‘plab mamlakatlar pandemiyaga javobning asosi bo‘lgan sog‘liqni saqlash sohasiga e'tibor bermay keldi.

«Keyingi pandemiya kelganida dunyo unga bugungiga nisbatan yaxshiroq darajada tayyorlangan bo‘lishi kerak», — dedi JSST rahbari.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon dunyo bo‘yicha kasallik yuqtirganlar soni 27 mln 374 mingdan oshgan, 894,3 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Mavzuga oid