Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qondagi Qiyalisoyda tozalash ishlari boshlandi
Farg‘ona | Kun.uz kanalida «Qiyalisoyda vaziyat jiddiy» sarlavhali post qo‘yilgandi. Unda Qo‘qon shahridan o‘tuvchi Qiyalisoyda mutassadilar tomonidan mexanik tozalash ishlari olib borilmagani, chiqindi tashlanishi oqibatida soy sayozlashib ketayotgani va qarovsiz holga kelib qolgani haqida yozilgandi.
Ma'lum bo‘lishicha, viloyat So‘x-Oqtepa Irrigatsiya boshqarmasi, Obodonlashtirish boshqarmasi va boshqa hamkor tashkilotlar birgalikda Qiyalisoyda mexanik tozalash va obodonlashtirish ishlarini boshlab yuborgan.
Soy qirg‘oqlaridagi daraxtlarning keraksiz shox-shabbalari kesilib, texnikalar ishlashi uchun sharoit yaratilgan.
Mutassadilarning aytishicha, Qiyalisoyning Qo‘qon shahridan o‘tgan qismida to‘liq mexanik tozalash ishlari olib boriladi.
Mavzuga oid
11:07 / 25.03.2026
Foto: 1913 yilgi Qo‘qon manzaralari
14:12 / 17.03.2026
Qo‘qonning “Tayson”i: Farg‘onada erkak bozor nazoratchisining qulog‘ini tishlab, uzib olgani uchun qamaldi
15:27 / 10.03.2026
Onaning tushi orqali ochilgan Qo‘qondagi qotillik ishida hukm o‘qildi
10:33 / 26.02.2026