Moliya vazirligi Soliq va Fuqarolik kodekslariga qo‘shimchalar kiritishni taklif etmoqda

Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokama qilish uchun joylashtirilgan.
Norma’ning yozishicha, Soliq kodeksida:
121-«Soliq qarzini bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hisobidan undirish» moddasini quyidagi mazmundagi qism bilan to‘ldirish taklif etilmoqda:
«Qarzdor korxonaning so‘mlardagi mablag‘i yetarli bo‘lmagan va valuta hisobvaraqlarida mablag‘lari mavjud bo‘lgan taqdirda vakil qilingan banklarga soliq idoralarining taqdimnomasi bo‘yicha mazkur valuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi valuta birjasida sotiladigan kundagi kurs bo‘yicha, budjet oldidagi qarzni uzish uchun zarur hajmlarda qat'iy tartibda sotish huquqi beriladi».
134-«Banklarning soliq nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlari» moddasini quyidagi mazmundagi qism bilan to‘ldirish taklif etilmoqda:
«Xo‘jalik yurituvchi sub'yekt xizmat ko‘rsatuvchi boshqa bankka o‘tganida u soliq idorasining soliqlar hamda boshqa to‘lovlar bo‘yicha o‘zining davlat budjeti bilan o‘zaro munosabatlari qanday holatda ekani to‘g‘risidagi xulosasini taqdim etadi. Bunda xo‘jalik yurituvchi sub'yekt budjet oldidagi o‘z majburiyatlarini to‘liq bajargandan keyingina yangi hisobraqamni ochishga yo‘l qo‘yiladi».
FKning 794-«Topshiriqni ijro etish» moddasini quyidagi mazmundagi qismlar bilan to‘ldirish taklif etilmoqda:
«Tijorat banklari yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, xizmatlar) uchun haqni bevosita mahsulot yetkazib beruvchilarga to‘laydi. Bunda to‘lovlarning uchinchi shaxslar hisobidan undirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, tovarlarni (xizmatlarni) elektron tijorat orqali realizatsiya qilish holatlari bundan mustasno.
Korxonalar va tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi yuridik va jismoniy shaxslarga veksellar bilan operatsiyalar bo‘yicha yoki bajarilishi to‘xtatilgan shartnoma bo‘yicha oldindan to‘lash holida tushgan to‘lovlarni qaytarish maqsadida naqd pul mablag‘larini to‘lashga yo‘l quyilmaydi. Mazkur pul mablag‘lari yuridik va jismoniy shaxslarning tegishli hisob-kitob (joriy) varaqlariga o‘tkazilishi lozim. Belgilangan tartibni buzganlik uchun aybdor korxona va tijorat bankiga yuridik yoki jismoniy shaxsning bank hisobvarag‘iga oldindan o‘tkazilmay berilgan naqd pul mablag‘i miqdorida jarima solinadi».
Bundan tashqari, 29.08.1998 yildagi «Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi 670-I-son Qonunning 3-moddasini quyidagi mazmundagi qism bilan to‘ldirish:
«O‘zbekiston Respublikasi doirasida mahsulot yetkazib berish to‘g‘risida mavoza (barter) asosidagi shartnomalar tuzish taqiqlanadi».
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Eron va Isroilning harbiy salohiyati: kimda qanday qurollar bor?
Jahon | 18:04 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda chiqindidan yoqilg‘i olish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 13:10
-
Rossiyada ukrain tili maktab dasturidan chiqarib tashlandi
Jahon | 13:00
-
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi o‘z ishini boshladi
O‘zbekiston | 12:50
-
Xitoy banki O‘zbekistonga IT'ni rivojlantirish uchun 500 mln dollar ajratadi
Iqtisodiyot | 12:40
Mavzuga oid

20:56 / 28.05.2025
Elektron soliq hujjatlarini Face-ID yoki barmoq izi yordamida ham tasdiqlash mumkin bo‘ladi

14:26 / 29.04.2025
Soliq kodeksiga tadbirkorlarni qo‘llashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritilmoqda

13:26 / 30.03.2024
Senatorlar turizmni rivojlantirishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan qonunni ma’qulladi

16:43 / 21.02.2023