Jahon | 11:41 / 09.09.2020
6038
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning maxfiy fazoviy kemasi orbitada noma'lum jism qoldirdi - OAV

Xitoyning sir tutilayotgan ko‘p marotabalik fazoviy kemasi sinov parvozi davomida orbitada noma'lum jism qoldirdi. SpaceNews nashrining yozishicha, yangi obektga NASA agentligi katalogida NORAD ID 46395 belgisi berilgan.

Foto: popmech.ru

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu jism 348 km balandlikda joylashgan. Mutaxassislar hozircha uning vazifalari nimadan iboratligidan bexabarlar. Taxmin qilinishicha, u Xitoy kemasi orbitadan chiqib ketishiga 2 aylana qolganda orbitaga chiqarilgan.

Kosmoplan deb ta'riflanayotgan Xitoy kemasi orbitaga 4 sentyabrda “Chanchjen-2F” raketasi yordamida chiqarilgan. Bu Xitoyda ishlab chiqilgan birinchi shunday qurilmadir. Kema 2 kun orbitada qolgach, 6 sentyabrda Yerga qaytgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid