Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AstraZeneca’ning koronavirusga qarshi vaksinasi mustaqil komissiya tomonidan baholanadi
AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi ishlab chiqayotgan koronavirusga qarshi vaksina sinaluvchilardan birida keltirib chiqargan nojo‘ya ta'sir mustaqil komissiyasi tomonidan baholanadi. Bu bir haftadan 3 oygacha vaqt olishi mumkin, deb ma'lum qilgan vaksina loyihasida ishtirok etayotgan IRBM italyan kompaniyasi prezidenti Pero di Lorenso.
Avvalroq vaksinaning 3-bosqich sinovlari sinaluvchilardan birida nojo‘ya ta'sir aniqlangandan keyin to‘xtatilgandi.
“Mustaqil ilmiy qo‘mitaning xulosasini kutmoqdamiz. Agar u bir necha hafta ichida olinsa, tadqiqotlar darhol davom ettiriladi”, deb ma'lum qilgan di Lorenso.
Uning aytishicha, ayni vaqtda vaksina bilan 5 ta davlatda 50 ming kishining emlanishi to‘xtatilgan, vaksinaning birinchi dozalari esa yil oxirida olinishi mumkin.
Avvalroq vaksinaning Britaniyadagi sinovlari vaqtida sinaluvchilardan birida tushunarsiz kasallik aniqlangan. Shu sababli vaksinaning ishlab chiqaruvchilari vositaning xavfsiz ekaniga ishonch hosil qilish uchun tanaffus olishgan.
Mavzuga oid
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
13:28 / 10.02.2026
SSV «koronavirusga qarshi vaksina olganlar hayoti xavf ostidaligi» haqidagi xabarga munosabat bildirdi
23:53 / 31.01.2026
Olimlar Nipah virusiga qarshi vaksina ishlab chiqishdi
18:06 / 29.01.2026