Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda fotosurat uchun 2200 dollar talab qilgan ayol ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 3 sentabr kuni Samarqand shahrida 42 yoshli S.N. (ayol) tanishi 43 yoshli F.A. (ayol)ning shaxsiy fotosuratlarini qo‘lga kiritgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
S.N. ularning F.A. uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma'lumotlar sirasiga kirishini bilgan holda, kelgusida ushbu rasmlarni uni yaqin qarindoshlariga hamda internet tarmog‘i orqali tarqatib sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, harakatlarni amalga oshirmaslik evaziga F.A.dan 2.200 AQSh dollari miqdordagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan talab qilib kelayotganligi aniqlangan.
Joriy yilning 4 sentabr kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahar Universitet xiyobonida S.N. tanishi F.A.dan 2200 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha S.N. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026