Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Isroildan amalga oshiriluvchi parvozlarga taqiqni bekor qildi
Saudiya Arabistoni Isroildan parvozlarga taqiqlovni bekor qilishga va yahudiy davlati tomondan sharqiy yo‘nalishdagi barcha aviaaloqa uchun havo hududini ochishga qaror qildi. Bu haqda AQSh prezidentining bosh maslahatchisi Jared Kushnerga tayanib The Jerusalem Post nashri xabar berdi.
Foto: Reuters
“Jiddiy to‘siq olindi. Odamlar endi ko‘p vaqt tejaydilar, bu 72 yil mavjud bo‘lgan to‘siqni bartaraf etadi”, deb aytgan Kushner.
U ikki davlat eski ixtiloflarni unutib, tinchlik tomon yo‘l olishni boshlaganlarini ta'kidlab o‘tgan.
Avgust o‘rtasida Isroil va BAA tinchlik sulhi tuzish bo‘yicha kelishuvga erishgan. 48 yillik boykotdan keyin Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga qaror qilgan BAAdan Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlar ham o‘rnak olib, Isroil bilan munosabatlarni yaxshilamoqchi.
Mavzuga oid
07:33 / 17.04.2026
Saudiyaning bir kilometrlik minorasi qurilishi 100-qavatga yetdi
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
21:22 / 16.04.2026
Tramp Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini e’lon qildi
18:29 / 16.04.2026