Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent–Qarshi–Toshkent yo‘nalishida «Nasaf» tezyurar poyezdi harakati qayta yo‘lga qo‘yiladi
Poyezd 11 sentabr kuni soat 08:52da Toshkent Markaziy temiryo‘l vokzalidan hamda shu kuni soat 17:37da Qarshi temiryo‘l vokzalidan harakatini boshlaydi.
11 sentyabrdan Toshkent–Qarshi–Toshkent yo‘nalishida "Nasaf" tezyurar yo‘lovchi poyezdi harakati qayta yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 15 avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha qabul qilgan qaroriga asosan yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2020 yil 11 sentyabrdan Toshkent – Qarshi – Toshkent yo‘nalishida 4/3 sonli "Nasaf" tezyurar yo‘lovchi poyezdi harakati qayta yo‘lga qo‘yiladi.
Poyezd 11 sentabr kuni soat 08:52da Toshkent Markaziy temiryo‘l vokzalidan hamda shu kuni soat 17:37da Qarshi temiryo‘l vokzalidan harakatini boshlaydi.
Yo‘lovchilar chiptalarni temiryo‘l kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishlari mumkinligi aytiladi.
Ta'kidlanishicha, qo‘shimcha ma'lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
Mavzuga oid
12:11
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi bo‘lib o‘tadi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026