BAA yangi karantinni joriy etmaslikka qaror qildi
BAA rasmiylari yangi karantin yoki komendantlik soati joriy etishni rejalashtirmayapti.
Birlashgan Arab Amirliklarining Favqulodda vaziyatlar, inqiroz va tabiiy ofatlar bo‘yicha milliy boshqarmasi COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘payib borayotgan bir paytda qat'iy karantin yoki yangi komendantlik soati joriy etishni rejalashtirmayapti.
BAAning Sog‘liqni saqlash va profilaktika vazirligi rasmiy vakili, doktor Farida Al Xosaniyning matbuot anjumanida xabar qilishicha, o‘tgan kun davomida COVID-19 bilan kasallanishning 910ta yangi holati aniqlandi, bu so‘nggi oylar ichidagi antirekorddir. Yuqtirish holatlarining umumiy soni 76 911 kishiga yetdi, 67 945 bemor to‘liq sog‘aydi va 398 kishi koronavirus infeksiyasining asoratlaridan vafot etdi.
Vazirlik vakili BAAdagi maktablar COVID-19 holatlari aniqlangan taqdirda 14 kunga yopilishini ta'kidladi. Shuningdek, u koronavirus tashuvchilari bilan muloqotda bo‘lgan barchani 14 kun davomida, hatto test salbiy natija ko‘rsatgan taqdirda ham, o‘zini yakkalashga chaqirdi.
Vazirlikning aniqlik kiritishicha, yuqtirish holatlarining 88 foizi ommaviy yig‘ilishlar, majlislar, shu jumladan to‘ylarda sodir bo‘lgan. Yuqtirish holatlarining atigi 12 foizi chet eldan qaytib kelgan sayohatchilarda qayd etilgan. Shu munosabat bilan sog‘liqni saqlash idoralari barcha mahalliy aholini koronavirusning oldini olish qoidalariga qat'iy rioya etishga chaqirmoqda: niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, qo‘llarni tez-tez yuvish va o‘zini yomon his qilsa uydan chiqmaslik.
Mavzuga oid
14:15 / 12.11.2024
BAA o‘zbekistonlik haydovchilarni ish bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda
15:31 / 26.10.2024
Dubayda dunyodagi eng ingichka osmono‘par bino qurilmoqda
12:00 / 23.10.2024
AQSh va BAA G‘azo va Livandagi keskinlikni kamaytirish sa’y-harakatlarini muhokama qildi
17:35 / 16.10.2024