Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kichik tadbirkorlarni resurs solig‘idan ozod etish uchun yana 515 milliard so‘m ajratiladi - Timur Ishmetov
Mahalliy budjetlarning olinmay qolgan daromadlari belgilangan tartibda respublika budjeti hamda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan kichik tadbirkorlik sub'yektlarini resurs to‘lovlaridan ozod qilish natijasida aprel-iyun oylarida 78 mlrd.so‘m qoplab berilgan hamda iyul-dekabr oylarida yana 515 mlrd.so‘m o‘tkazilib berilishi kutilmoqda. Bu haqda moliya vaziri Timur Ishmetov Senatda ma'lumot berdi.
Ishmetov davlat budjetining birinchi yarim yillik ijrosi haqida axborot berib, 2020 yildan boshlab avtotransport vositalarini ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi mahalliy budjetlarga qoldirilishi hisobiga joylarda 186 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ shakllantirish imkoni yaratilganini bildirdi.
«Bundan tashqari, mahalliy budjetlar daromadlari bazasini mustahkamlash bo‘yicha rezervlar mavjud bo‘lib, yilning qolgan oylarida soliq va moliya idoralari birgalikda ish olib borishadi, masalan norasmiy sektorda, ayniqsa qurilish sohasida ishlovchilar soni va mehnatga haq to‘lash jamg‘armasini legalizatsiya qilish yo‘nalishi bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi», — deydi u.
Vazirning qayd etishicha, 2020 yilning 1-yarim yilligida mahalliy budjetlarda umumiy jihatdan olib qaralganda 3 trln. 346 mlrd. so‘m qo‘shimcha mablag‘lar shakllantirildi. Ushbu mablag‘lar quyidagilardan tashkil topdi:
- yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari 1,8 trln so‘m;
- daromadlarni prognoz ko‘rsatkichlaridan oshirib bajarilgan qismi 1,4 trln so‘m (jumladan,1-chorakda 744 mlrd so‘m, 2-chorakda 672 mlrd so‘m);
- davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni (musodara) va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan pul mablag‘lari 151 mlrd so‘m;
- davlat mulkini xususiylashtirish hisobidan tegishli budjetga tushgan pul mablag‘lari miqdori 17 mlrd so‘m.
Shakllangan qo‘shimcha mablag‘lar hisobidan jami 2,3 trln. so‘m tegishli Xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari asosida turli tadbirlar uchun yo‘naltirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari ijrosi hamda hududlarni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini ta'minlash xarajatlariga 794 mlrd so‘m, shundan:
- joylarda 138 km toza ichimlik suvi yetkazib berish uchun 25 mlrd so‘m (Andijon viloyatida 7,6 mlrd so‘mga 56 km, Namangan viloyatida 5 mlrd so‘mga 20 km);
- 19 km oqava tizimlarini ta'mirlash uchun 2,2 mlrd so‘m;
- 251 km uzunlikdagi xo‘jaliklararo ichki yo‘llarni ta'mirlash uchun 60 mlrd so‘m (masalan, Toshkent shahrida 30,4 mlrd.so‘mga 58 km);
- 1 ming 18ta, shundan 629ta xalq ta'limi va 389ta maktabgacha ta'lim muassasasini kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun ta'mirlash va jihozlash xarajatlariga 138 mlrd so‘m (masalan, Andijon viloyatida 130ta umumta'lim maktabga 33,7 mlrd so‘m, Surxondaryo viloyatida 176ta maktabgacha ta'lim muassasasiga 10,2 mlrd so‘m);
- 384 ta tibbiyot muassasalarini ta'mirlash va jihozlash xarajatlariga 87,5 mlrd so‘m (masalan, Farg‘ona viloyatida 30ta tibbiyot muassasasiga 20,4 mlrd so‘m);
- 758ta boshqa budjet tashkilotlarini ta'mirlash va jihozlash xarajatlariga 472,3 mlrd so‘m mablag‘ moliyalashtirildi.
Shuningdek, o‘tgan yillarda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida yuzaga kelgan qarzdorliklarni qoplash xarajatlariga 240 mlrd so‘m, harbiy ma'muriy sektor jamg‘armasiga 115 mlrd so‘m, hududlarni obodonlashtirish xarajatlariga 218 mlrd so‘m, 5 841 nafar kam ta'minlangan oilalarni moddiy qo‘llab quvvatlashga qo‘shimcha 8,5 mlrd so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi.
Mavzuga oid
16:50 / 16.06.2026
“Asosiy stavka ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘ramiz” – Ishmetov
16:37 / 16.06.2026
Timur Ishmetov: 2027 yilda 5 foizlik inflatsiya maqsadiga erishish yo‘lida jiddiy xatarlar ko‘rmayapmiz
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026