Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi isloh qilinadi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish mo‘ljallangan.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazining tuzilmasi;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi hududiy filiallarining namunaviy tuzilmasi;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi to‘g‘risidagi nizom;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining yagona davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risida nizom;
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikasining davriy sinovlarini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
2023 yil 1 yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinadigan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan “Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi” tomonidan xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi texnikalari va texnologiyalarini sinash uskunalari va o‘lchash vositalari ro‘yxati tasdiqlanadi.
Belgilab qo‘yilishicha:
qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini sinash uchun ajratilgan sinov poligoni yer maydonlari maqbullashtirilmaydi, shuningdek, ushbu yer maydonlariga qishloq xo‘jaligi ekinlari sinov uchun berilgan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining turlari va sinov o‘tkaziladigan agrotexnologiyalarga asosan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi tomonidan tuzilgan taqsimot bo‘yicha mustaqil joylashtiriladi va almashlab ekish tizimi joriy qilinadi;
sinov poligonida texnikalarni dala sharoitida o‘rganish maqsadida fermer xo‘jaliklari ishtirokida ko‘rgazmali seminarlar tashkil qilinadi;
sinov poligoni yer maydonlari soliq solishdan ozod etilgan yer uchastkalari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi:
qishloq xo‘jaligi texnikalarini xalqaro talablar asosida sinash uchun zamonaviy sinov uskunalari va o‘lchov vositalari ro‘yxatini shakllantirish va xarid qilish hamda montaj qilishda Turkiya Respublikasi Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi huzuridagi “TAMTEST” sinov markazi, Germaniyaning “DLG” qishloq xo‘jaligi jamiyati, Chexiya qishloq, o‘rmon xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati mashinalarini sinash davlat stansiyasi, Belarus mashina sinash stansiyasi davlat muassasasi, Janubiy Koreya sanoat texnologiya instituti Jyeonbuk hududiy bo‘limi, Rossiya Federatsiyasining ilg‘or sinov markazlaridan mutaxassislarni jalb qilish hamda Markazni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish maqsadida me'yoriy hujjatlarni tayyorlash va xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish Turkiyaning “TURKAK” xalqaro akkreditatsiya organi tomonidan amalga oshirilishi;
Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, AQSh va Yaponiya davlatlari kabi ushbu yo‘nalishlar rivojlangan mamlakatlar tajribalarini o‘rganish va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar (FAO, GIZ, USAID, KOPIA, JICA va boshqalar)ning texnik ko‘maklari doirasida o‘quv tanishuv safarlarini tashkil etish. Bunda, Markaz va manfaatdor vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislar ishtirok etishini ta'minlash takliflari ma'qullanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xalqaro akkreditatsiya talablari asosida laboratoriya binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va sinovlarni tashkil qilish uchun zamonaviy sinov uskunalari, o‘lchov vositalarini sotib olishga, transport va boshqa xizmatlar bo‘yicha tuziladigan shartnomalarning asoslanganligi hamda ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi.
Markazga tenderlar yoki tanlov savdolari o‘tkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan xalqaro akkreditatsiya talablari asosida sinovlarni tashkil qilish uchun zamonaviy sinov uskunalari va o‘lchov vositalarini sotib olishga, transport xizmatlari, xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish xarajatlari, laboratoriya binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va boshqa xizmatlar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga, istisno tariqasida, ruxsat beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasi xalqaro akkreditatsiya talablari asosida sinovlarni tashkil qilish uchun zamonaviy sinov uskunalari va o‘lchov vositalarini sotib olishga, transport xizmatlari, xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish xarajatlari va boshqa xizmatlar bo‘yicha texnik shartlar import shartnomalar tushgan kundan boshlab uch kun muddatda ekspertizadan o‘tkazilishini va tegishli xulosalar berilishini ta'minlaydi.
Quyidagilar:
2020 yil 11 iyulda O‘zbekiston Respublikasi va Jahon banki o‘rtasida umumiy qiymati 500 mln. AQSh dollari bo‘lgan “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun kredit bitimi imzolangan;
yuqoridagi loyihadan umumiy qiymati 5 mln. AQSh dollari bo‘lgan “Markazni moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasi moliyalashtiriladi.
“Markazni moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirishda:
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi – buyurtmachi;
tenderlar yoki tanlov savdolari o‘tkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan – bosh pudratchi tashkilot qilib belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligiga:
texnik-iqtisodiy asoslar loyihasini ishlab chiqishda progressiv ilg‘or xorijiy sinov markazlari tajribasini o‘rganish va o‘zlashtirish bo‘yicha kompleks tashkiliy-texnik chora-tadbirlar parametrlarini inobatga olinishi;
2020 yil 10 dekabrgacha investitsion loyiha ekspertizasini vakolatli organlar kelishuvi bilan texnik-iqtisodiy asoslar o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanishini ta'minlaydi.
“O‘zstandart” agentligi:
qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari, texnologiyalari hamda ularni sinash usullariga nisbatan talablarni belgilaydigan xalqaro standartlar bilan Markazni ta'minlash va talabnomaga asosan o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari shaklida qabul qilinishini ta'minlaydi;
Markaz tomonidan xarid qilinadigan zamonaviy sinash uskunalari va o‘lchash vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish, metrologik tavsiflarini aniqlash (kalibrlash) va o‘rnatilgan tartibda davlat reyestriga kiritish choralarini ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Markazning hududiy filiallari faoliyatini tashkil qilish (texnik jihozlash) uchun xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘larini jalb qilishda – investitsion loyihalarni o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanishida amaliy yordam ko‘rsatadi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan 2021 yil 1 yanvardan yagona davlat reyestriga kiritilmagan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini, 2021 yilning 1 yanvariga qadar ishlab chiqarilgan va import qilingan texnikalar bundan mustasno, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasligi belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda uch oy muddatda muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan va davlat sinovlaridan o‘tgan import qilingan va respublikada ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi hamda melioratsiya texnikalarining yagona davlat reyestri integratsiyalashgan axborot tizimini yuritish bo‘yicha xalqaro moliya institutlarining grantlari va kreditlari mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi uch oy muddatda muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan va davlat sinovlaridan o‘tgan import qilingan va respublikada ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi hamda melioratsiya texnikalarining yagona davlat reyestri integratsiyalashgan axborot tizimini ishlab chiqadi.
Mavzuga oid
18:06 / 01.07.2026
Fermerni so‘kayotgan hokimlar “dux”ni qayerdan olyapti?
19:05 / 28.06.2026
“Xohlagan ekinni ekish mumkin” – Yangi tartib fermerga nima beradi?
11:30 / 25.06.2026
Quva tumani hokimi ham fermerni haqoratlagani aytilmoqda
17:20 / 23.06.2026