O‘zbekiston | 11:26 / 11.09.2020
3189
1 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways Toshkent - Dehli - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnovini amalga oshiradi

Uzbekistan Airways AJ 2020 yil 12 sentyabrda Toshkent - Dehli - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter repatriatsiya qatnovini amalga oshiradi.

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, charter reysi quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshirishni rejalashtirilgan (mahalliy vaqt ko‘rsatilgan):

Toshkent - Dehli
Toshkentdan ketish vaqti - 17:00, Dehliga qo‘nish vaqti -20:30;

Dehli - Toshkent
Dehliga ketish vaqti - 22:30, Toshkentga qo‘nish vaqti - 00:40 +1.

Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida aviachiptalarni sotib olishni tezlashtirish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif etayotgan shubhali shaxslardan yordam so‘ramaslik so‘ralgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid