O‘zbekiston | 07:38 / 12.09.2020
14702
1 daqiqa o‘qiladi

Ishlab chiqaruvchilar suyultirilgan gazni faqat birja savdolari orqali sotadigan bo‘ladi

O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchilar tomonidan suyultirilgan gazni sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sishni tiklash va tizimli tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish bo‘yicha 2020-2021 yillardagi amaliy harakatlar rejasi”da aytilgan.

Qayd etilishicha, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatida ishlab chiqaruvchilar tomonidan suyultirilgan gazni sotishni faqat birja savdolari orqali amalga oshirishga o‘tish mo‘ljallanmoqda.

Shuningdek, gidroenergetika sohasida yangi shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish, «O‘zbekko‘mir» AJni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, logistika tizimini takomillashtirish uchun temir yo‘l vagonlariga onlayn ariza berish tizimini qo‘llash hamda shu orqali murojaat holatini kuzatish imkoniyatini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, Navoiy viloyatidagi Sangruntov Aktau konlarida slanetsli gazni qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishni o‘rganish, davlat ulushi ishtirokidagi tarmoq korxonalarini investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda xorijiy investorlarga sotish rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid