Bojxonada 3,8 mlrd so‘mlik utilizatsiya yig‘imlarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlar to‘xtatib qolindi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Vazirlar Mahkamasining shu yil 2 iyundagi «G‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imini joriy etish to‘g‘risida»gi 347-sonli qaroriga asosan, 1 avgustdan boshlab avtotransport vositalarini rasmiylashtirishda utilizatsiya yig‘imi joriy etildi.
Utilizatsiya yig‘imi bevosita transport vositalarini «erkin muomalaga chiqarish» bojxona rejimiga rasmiylashtirish jarayonida undirilishi belgilangan. Lekin ayrim uddaburon shaxslar tomonidan mazkur yig‘imni chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlar ham uchrab turibdi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi «Ark buloq» tashqi iqtisodiy faoliyat posti xodimlari tomonidan 46 dona «HYUNDAI» rusumli transport vositasini «Erkin muomalaga chiqarish» bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan elektron bojxona yuk deklaratsiyasi ma'lumotlari o‘rganilganda, mazkur transport vositalari uchun undilishi kerak bo‘lgan 3 mlrd 385 mln so‘mlik utilizatsiya yig‘imi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagani aniqlangan.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan «Toshkent tovar» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida bojxona yuk deklaratsiyasi ma'lumotlari o‘rganilganda 5 dona «YUTONG» rusumli avtobus hamda 5 dona «JAC» rusumli mikroavtobus uchun 419,2 mln so‘m utilizatsiya yig‘imi ko‘rsatilmagani ma'lum bo‘lgan.
Mazkur postda aniqlangan yana bir holatda, «KIA BONGO» rusumli yuk tashishga mo‘ljallangan avtotransport vositasini «Erkin muomalaga chiqarish» bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun elektron taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi ma'lumotlari o‘rganilganda, bojxona yuk deklaratsiyasida 46,3 mln so‘mlik utilizatsiya yig‘imi ko‘rsatilmagani aniqlangan.
«Aniqlangan mazkur holatlar natijasida salkam 3,8 mlrd so‘mlik utilizatsiya yig‘imlarining davlat budjetiga undirilmay qolinishining oldi olindi. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda», – deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Eron va Isroilning harbiy salohiyati: kimda qanday qurollar bor?
Jahon | 18:04 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aeroportda tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 12:00
-
Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Jamiyat | 11:56
-
Qo‘shko‘pir tumani hokimining sobiq o‘rinbosari 8 yilga qamaldi
Jamiyat | 11:51
-
O‘zbekistonda 1 iyuldan uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi
O‘zbekiston | 11:33
Mavzuga oid

17:54 / 20.05.2025
Utilizatsiya yig‘imi: bizda 3500 dollar, boshqalarda-chi?

14:14 / 01.05.2025
Elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi 4 barobarga oshdi

11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida

10:04 / 08.03.2025