Umumiy ovqatlaniş sohasida oziq-ovqat çiqindilari hosil bölişini qisqartiriş va me’yordan ortiqça isrofgarçiliklarning oldini olişga qaratilgan "Oqilona iste’mol" (Save food) dasturini amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
"Içimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni çiqarib yuboriş töğrisida"gi qonunning 31-moddasiga muvofiq belgilangan me’yordan ortiq ifloslangan işlab çiqariş oqova suvlarini oqizadigan yuridik şaxslar va tadbirkorlar mahalliy tozalaş inşootlarida oqova suvlarni birlamçi tozalaş işlarini olib borişi kerak.
Tovar işlab çiqariş (xizmat körsatiş) jarayonida belgilangan me’yordan ortiq ifloslangan oqova suvlar hosil qiluvçi yangi iste’molçilarni oqova suvlar tarmoğiga faqat lokal tozalaş inşootlari mavjud bölganda ulanadi.
2026 yil 1 iyuldan boşlab oqova suvlardagi moy-yoğ mahsulotlarini ajratişni ta’minlaydigan moy-yoğ tutgiçlarga ega umumiy ovqatlaniş korxonalariga markazlaşgan kanalizatsiya tizimlariga ulanişga ruxsat beriladi. Ular oyiga kamida bir marta moy-yoğ tutgiçlarni işlatilgan moylardan tozalaşi, şuningdek işlatilgan moy va yoğlarni qayta işlaş va utilizatsiya qilişni amalga oşirişi şart.
Gaz bölmaganda va yoğoç yoki kömir işlatilganda atmosferani ifloslovçi moddalar va hidlarni tutuvçi qurilmalarni örnatiş zarur.
Özbekistonda 2026–2030 yillar "Dolzarb oziq-ovqat xavfsizligi davri" deb e’lon qilindi. Bunda quyidagilar rejalaştirilgan:
- töylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni belgilangan tartibda ötkaziş ustidan qat’iy nazorat örnatiş;
- aholini yetarli miqdordagi sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaş va ularning ortiqça çiqindilarining oldini oliş böyiça çora-tadbirlar köriş;
- örtaça kunlik ratsional ovqatlaniş me’yorlari asosida aholi orasida töğri ovqatlaniş masalalari böyiça tuşuntiriş işlarini olib boriş;
- oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş çiqindilarini qayta işlaş korxonalariga topşirişni ta’minlaş.








