Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falastin Bahrayndan elchisini chaqirtirib oldi
Falastin hukumati Bahrayn va Isroil o‘zaro munosabatlarni yaxshilashga kelishib olgani sababli Bahrayndan o‘z elchisini maslahatlashuv uchun ortga chaqirtirib oldi. Bu haqda Falastin tashqi ishlar vazirligiga tayanib Al Jazeera telekanali xabar berdi.
Avvalroq, 11 sentyabrda AQSh prezidenti Donald Tramp ikki davlat o‘rtasida munosabatlar yaxshilanishi haqida e'lon qilgandi. Axios nashri ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh Bahrayndan Isroil bilan tinchlik sulhi imzolashini talab qilib, bir necha hafta davomida unga bosim o‘tkazgan.
13 avgustda Isroil va BAA o‘rtasida shunday kelishuv tuzilgandi. Yaqin vaqtlar ichida tomonlar bir-birining hududida elchixonalar faoliyatini tiklash masalasida, shuningdek, kommunikatsiya, turizm va xavfsizlik masalalarida muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.
Ikkala holatda ham Falastin arab davlatlarining Isroil bilan munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha qarorini qattiq qoralagan. Falastin o‘shanda ham BAAning ushbu harakatlari ortidan Abu-Dabidan o‘z elchisini chaqirtirib olgan.
Mavzuga oid
08:55 / 06.06.2026
Eron Kuvayt va Bahrayn tomon yettita ballistik raketa uchirdi
23:08 / 21.05.2026
Parij Falastin xalqiga faxriy fuqarolik bermoqchi
18:02 / 01.05.2026
Infantino jonli efirda Isroil va Falastinni yarashtirishga urindi
19:07 / 27.04.2026