Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Putinga qo‘ng‘iroq qildi va Navalniyning zaharlanishi masalasida izoh so‘radi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi va unga fransuz mutaxassislari nemis ekspertlarining Aleksey Navalniy «Novichok» guruhiga mansub bo‘lgan asab tizimini falajlovchi moddadan zaharlangani haqidagi xulosasini tasdiqlaganini aytdi. Bu haqda Yelisey saroyi bayonotiga asoslanib Le Monde nashri xabar berdi.
Suhbat vaqtida Makron Navalniyga uyushtirilgan suiqasd bo‘yicha oydinlik kiritilishi kerakligi haqida gapirgan. U Rossiya tomonidan ushbu ish yuzasidan shaffof va ishonchli tekshiruv o‘tkazilib, izoh berilishini talab qilgan.
Kremldagilar ushbu telefon muloqoti Fransiya prezidenti tashabbusi bilan uyushtirilgani haqida xabar bergan. «Suhbatda „A.Navalniy ishi“ atrofidagi murakkab vaziyat muhokama qilindi. Vladimir Putin bu masalada Rossiya tomonini asossiz ayblash o‘rinsiz ekanini qayd etdi», deyilgan RF prezidenti ma'muriyati ma'lumotida.
Putin Makronga hodisa qanday ro‘y berganini aniqlash uchun Germaniya tomoni Rossiyaga Navalniydan olingan biomateriallardan namuna, shuningdek, tahlil natijalari bo‘yicha rasmiy xulosani berishi kerakligini aytib o‘tgan. Bundan tashqari, Putin germaniyalik shifokorlar rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda ishlashi kerakligini ta'kidlagan.
14 sentabr kuni Germaniya hukumati Fransiya va Shvetsiyadagi laboratoriyalar ham Navalniyning organizmida «Novichok» guruhiga mansub modda izlari bo‘lganini tasdiqlashgandi.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20:34 / 05.06.2026
Bu xat qo‘pollik unsurlariga ega - Putin Zelenskiyning xati haqida
17:01 / 05.06.2026
«Oreshnik» hali jangovar qo‘llangani yo‘q – Putin
14:21 / 05.06.2026