– Aytingçi, xorijga parvozlarni töliq tiklaş masalasi ayni paytda qaysi bosqiçda?
– Mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat kelib çiqqan holda Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yil 15 avgustdan boşlab iqtisodiy va ijtimoiy sohalarning barqaror işlaşini ta'minlaş, aholining yaşaş şaroitlarini yaxşilaş maqsadida karantin çeklovlari yumşatilmoqda. Şu munosabat bilan ayrim faoliyat turlarini maxsus talablarga rioya etgan holda qayta tiklaşga ruxsat etildi. Xususan, transport qatnovlari ham şular jumlasidandir. Hozirgi kunda yurtimiz böylab jamoat transporti, şaharlararo avtobuslar harakati tiklandi. Mahalliy yönalişlarda poyezdlar va aviaqatnovlarni tiklaş jarayonlari esa davom etmoqda.
Şu bilan birga, bugungi kunda eng dolzarb va köpçilikni qiziqtirayotgan masala xalqaro qatnovlarni tiklaş böyiça xorijiy mamlakatlarning tegişli vazirlik va idoralari bilan muzokaralar ötkazilib, qatnovlarni bosqiçma-bosqiç tiklaş böyiça zarur çoralar körilmoqda. Jumladan, 2020 yil 24 avgust kuni Turkiya aviatsiya ma'muriyatlari bilan xalqaro muntazam yölovçi aviaqatnovlarini tiklaş böyiça onlayn-muzokaralar ötkazildi. Muzokaralar yakuniga köra, «Uzbekistan Airways» va «Turkish Airlines» aviakompaniyalariga 2020 yil sentabr oyidan boşlab paritet tamoyili asosida Toşkent–Istanbul–Toşkent yönalişida muntazam parvozlarni qayta tiklaş böyiça kelişuvga erişildi.
Birlaşgan Arab Amirliklari aviatsiya ma'muriyatlari bilan xalqaro muntazam yölovçi aviaqatnovlarini tiklaş böyiça ötkazilgan muzokaralar natijasi ölaroq «Uzbekistan Airways» va «FlyDubai» aviakompaniyalariga 2020 yil sentabr oyidan boşlab paritet tamoyili asosida Toşkent–Dubay–Toşkent yönalişida muntazam parvozlarni bajariş böyiça kelişuvga erişildi.
Belarus aviatsiya ma'muriyati bilan olib borilgan muzokaralar yakuniga köra esa «Uzbekistan Airways» va «Belavia» aviakompaniyalariga sentabr oyidan boşlab paritet tamoyili asosida Toşkent–Minsk–Toşkent yönalişida muntazam parvozlarni bajariş huquqi berildi.
– Töğri, ma'lum davlatlarga aviareyslar tiklanyapti. Ammo ma'lumki bu yönalişlar Özbekiston uçun asosiy yönalişlar hisoblanmaydi. Köpçilik ayniqsa Rossiya böyiça yangilik kutmoqda.
– Qozoğiston aviatsiya ma'muriyatlari olib borilgan muzokaralar yakuniga köra «Uzbekistan Airways» va «Air Astana» aviakompaniyalariga sentabr oyidan boşlab paritet tamoyili asosida Toşkent–Olmaota–Toşkent yönalişida muntazam parvozlarni bajarişni boşlaş böyiça kelişuvlarga erişildi.
Transport vazirligi Taşqi işlar vazirligi bilan hamkorlikda olib borilgan muzokaralar natijalari köra, bugungi kunda








