Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FVV markaziy apparatida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik xabarida aytiladi.
Polkovnik Zulfiqor Qilichev Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi hamda fuqaro muhofazasining tashkiliy ta'minoti va rejalashtirish bosh boshqarmasi Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar u Favqulodda vaziyatlar vazirligi Safarbarlik boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.
Polkovnik Fayzullo Azizov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shu kunga qadar polkovnik F.Azizov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika moddiy-texnik ta'minot markazi boshlig‘ining o‘rinbosari - Ta'minot bazasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Xurshid Sadirov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Tashkiliy-tahlil boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
U avval Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi Favqulodda vaziyatlarni bashoratlash va monitoring bo‘limi boshlig‘i vazifasida xizmat qilgan.
Polkovnik Abdurazzoq Abduxalikov Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
U hozirgi kunga qadar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Bundan oldin, Qo‘ng‘irot va Qo‘shko‘pir tumanlari FVB boshliqlari koronavirusdan vafot etgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:46 / 18.05.2026
Qamchiqda tog‘da adashgan 7 nafar fuqaro qutqarib qolindi
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
23:08 / 18.04.2026