O‘zbekiston maxsus xizmatlari hamkorlar bilan birgalikda MDH davlatlarida 20dan ortiq teraktlarning oldini oldi
2020 yilning 14 sentabr kuni «Terrorizm hamda unga olib boruvchi tajovuzkor ekstremizm va radikallashuvga qarshi samarali sheriklik» mavzusida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) yuqori darajadagi terrorizmga qarshi onlayn konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
TIV xabariga ko‘ra, tadbirda YeXHTning amaldagi raisi — Albaniya Yevropa va tashqi ishlar vaziri Gent Chakay, BMT bosh kotibi o‘rinbosari, tashkilotning Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov, YeXHTga a'zo davlatlarning yuqori martabali vakillari ishtirok etdi.
Anjuman chog‘ida terrorizmga qarshi kurashish sohasida fuqarolik jamiyati va xususiy sektorning rolini oshirish orqali mazkur yo‘nalishdagi xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Konferensiyada asosiy ma'ruzachilardan biri sifatida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov ishtirok etib, u ishtirokchilarni mamlakatning terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi yutuqlari bilan tanishtirdi.
O‘zbekistonning o‘n yildan ortiq vaqt mobaynida o‘z hududida bitta ham terroristik harakatni amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaganligi qayd etildi. MDH hududidagi hamkor maxsus xizmatlar bilan birgalikda 20dan ortiq teraktlarning oldi olindi.
Xavfsizlikni ta'minlash, jumladan xorijiy sayyohlar xavfsizligini ta'minlash sohasida O‘zbekiston uchinchi yildirki, ketma-ket eng xavfsiz mamlakatlar reytingida yetakchi o‘rinni egallab turgani ta'kidlandi.
Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi tomonidan terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholashdi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:04 / 08.11.2024
MDH davlatlari 2030 yilgacha harbiy hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqadi
16:41 / 03.11.2024
O‘zbekiston rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilot tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi
14:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri MDH bosh kotibi bilan uchrashdi
20:38 / 30.10.2024