
Bugun, 15 sentabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining yalpi majlisi bölib ötdi. Unda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov parlamentga «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini taqdim qildi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan körib çiqilib, birinçi öqişda qabul qilindi.
«Ruslanbek Davletov Qonun loyihasining hozirgi kundagi dolzarbligi haqida töxtalar ekan, ötgan davr mobaynida fuqarolarning diniy e'tiqodini amalga oşirişda duç kelayotgan muammolarni bartaraf etiş, diniy ta'lim olişni va diniy taşkilotlarning erkin faoliyat yuritişini ta'minlaş, dinlararo va millatlararo nizolarni kelib çiqişini oldini olişga xizmat qilişini ta'kidlab ötdi.
Uşbu Qonun loyihasining asosiy maqsadi vijdon erkinligi kafolatlarini kuçaytiriş, har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qiliş yoki heç qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqini ta'minlaşning yangi mexanizmlarini joriy etiş, şuningdek, davlatning din işlari böyiça siyosatini takomillaştirişdan iborat», – deyiladi Adliya vazirligi xabarida.
Kiritilayotgan özgarişlarga asosan, aholini qiynab kelayotgan muammolardan biri – fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurişlariga yöl qöyilmasligi haqidagi çeklov olib taşlanmoqda.

Amaldagi «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi Qonunga muvofiq, diniy taşkilot tuziş uçun taşabbuskorlar soni 100 nafar bölişi talab etilgan bölsa, kiritilayotgan özgartişga asosan endilikda mahalliy diniy taşkilotni röyxatdan ötkaziş uçun 50 nafar taşabbuskor yetarli hisoblanadi.
Qonunga kiritilayotgan yangiliklardan biri – diniy taşkilotlarni davlat röyxatidan ötkaziş tartib-taomillari yengillaştirilmoqda, xususan, taqdim etiladigan hujjatlar soni qisqartirilmoqda, ularni notarial va boşqa körinişlarda tasdiqlaşga oid talablar bekor bölmoqda, davlat xizmatlari töliq elektron körinişda amalga oşirilişi joriy etilmoqda, röyxatdan ötkazişni rad etiş asoslari aniq belgilanmoqda.












