Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
200 mingga yaqin fuqaro tartibli va manzilli mehnat migratsiyasi bilan qamrab olingan – Agentlik
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshqarma boshlig‘i Azim Ahmadov xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonlik fuqarolar statistikasi haqida ma'lumot berdi.
«Bugungi kunda xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarimiz soni o‘rtacha 2 million atrofida. Shundan 1 million 500 mingdan ortiq fuqaromiz Rossiya Federatsiyasi, 200 mingga yaqin fuqaro Qozog‘iston Respublikasida, 50 mingdan ortiq fuqarolar Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishyapti», dedi Azim Ahmadov.
U Tashqi mehnat agentligi va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi davlat tashkilotlari tomonidan tartibli va manzilli mehnat migratsiyasi bilan qamrab olingan fuqarolar statistikasini ham keltirdi.
«Bundan 3-4 yil oldingi vaqtni oladigan bo‘lsak, ko‘rsatkichimiz 0,2 foiz bo‘lardi, ko‘p holatlarda 0,2 foizga (4 mingga yaqin fuqarolar) ham yetmasdi. Bugungi kunga kelib esa 200 mingga yaqin fuqarolarimizni tartibli mehnat migratsiyasi yoki manzilli mehnat migratsiyasi bilan qamrab oldik.
Tartibli mehnat migratsiyasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi yoki xususiy migratsiya agentliklari orqali tashkillashtirilgan tartibda chet elga ishga joylashtirilgan bo‘lsa, manzilli mehnat migratsiyasida xorijga ketuvchi har bir fuqaro bilan alohida suhbat o‘tkazilib, ularga axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatilib, davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishini ta'minlab, ya'ni imtiyozli chiptalar deymizmi, hayoti va sog‘lig‘ining sug‘urtasini ta'minlash orqali deymizmi, ketish manziligacha bo‘lgan ma'lumotlarga ega bo‘lib, ularning ro‘yxatini shakllantirib yuborilgan, manzilli qamrab olingan ko‘rsatkichlarimiz bugungi kunda 9 foizga yetdi. Bu 200 ming nafar atrofidagi fuqarolarni tashkil etadi», dedi u.
Mavzuga oid
16:54 / 25.12.2025
6000 funt oylik, qalbaki taklifnoma va g‘oyib bo‘lgan «menejer». Soxta ish e’lonlari ortidagi firibgarlik sxemasi
14:34 / 23.12.2025
Titov: 2026 yilda Rossiyaga ishlash uchun 40 ming hindistonlik keladi
16:19 / 13.12.2025
Xorijdan pul o‘tkazmalari 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi
14:04 / 13.12.2025