Bill Geytsning otasi 94 yoshida vafot etdi
Microsoft asoschisi, dunyoning 2-raqamli eng badavlat insoni Bill Geytsning otasi Uilyam Geyts 94 yoshida Alsgeymer kasalligidan vafot etdi. Bu haqda Geytsning o‘zi tvitterda ma'lum qildi.
“Mening otam “haqiqiy” Bill Geyts edi. Otam men bo‘lishga harakat qilayotganim bo‘lgan. Endi u menga har kuni yetishmaydi”, deb yozgan milliarder.
My dad was the “real” Bill Gates. He was everything I try to be and I will miss him every day.https://t.co/OnAEsmosNb
— Bill Gates (@BillGates) September 15, 2020
Microsoft asoschisining ma'lum qilishicha, uning otasi 14 sentyabrda oilasi davrasida hayotdan ko‘z yumgan. “Biz uni sog‘inib qolamiz. Bu tuyg‘uni hozir ifodalay olmaymiz. Otamning o‘limi kutilmagan hodisa bo‘lmadi, u 94 yoshda edi, salomatligi esa tobora yomonlashib borardi. Shu sababli hayotimizda uzoq yillar davomida shunday ajoyib inson bo‘lgani qanchalik katta omad ekanini anglashimizga vaqt bo‘ldi. Otam uzoq va juda muhim hayotni yashab o‘tdi. Men hech qachon undan donolik, mehribonlik va itoatkorlikni o‘rganishdan to‘xtamasdim”, deb qo‘shimcha qilgan Geyts.
Milliarderning ta'kidlashicha, otasi unga bolaligida o‘zi istagan narsa bilan shug‘ullanishga ruxsat bermagan va shu yo‘l bilan uni yangi, hali o‘rganilmagan va murakkab narsalarni o‘rganishiga turtki bergan. Uning aytishicha, otasi Microsoft tashkil etilganining ilk yillarida kompaniyaga huquqiy yordam ko‘rsatgan.
Geyts, shuningdek, otasining xayriya ishlariga qo‘shgan ulkan hissasini ta'kidlab o‘tgan. “Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi otamsiz hozirgi darajada bo‘lmasdi. U istalgan boshqa odamdan ko‘proq jamg‘arma qadriyatlarini shakllantirgan”, deb eslab o‘tgan o‘z otasini tadbirkor.
Mavzuga oid
23:20 / 03.10.2024
Bill Geyts sun’iy intellekt oldidagi uchta asosiy qo‘rquvini aytdi
10:17 / 01.12.2023
Bill Geytsdan yil yakunida 3 ta kitob – milliarder qanday kitoblar tavsiya qildi?
23:05 / 24.11.2023
Sun’iy intellekt tufayli insoniyat uch kunlik ish haftasiga o‘tadi – Bill Geyts
12:21 / 15.06.2023