— Toşkent tumanidan anklav sifatida Toşkent şahri ma'muriy boşqaruviga berilişi mumkin bölgan yer masalasida suhbatni boşlasak. Balki jamoatçilikka bu narsa hali noma'lumdir, balki bu haqda hali eşitmagan odamlar bordir. Aslida, nimalar joriy etilmoqda va bu tartib kuçga kirganmi?
— Bu tartib hali kuçga kirgani yöq, hozirda bu faqatgina taklif. Prezidentimiz mamlakatimizda urbanizatsiya siyosatini faollaştirişni taklif qildi. Urbanizatsiya özi nima? Urbanizatsiya — mening tuşunişimça, qişloq şaroitiga şahardagi imkoniyatlarni olib kiriş, şaharlaşuv jarayoni. Qişloq aholisiga ham şaharda bor bölgan maişiy-qulayliklar tizimi, toza içimlik suvi, savdo, va boşqa imkoniyatlarni taqdim etişdir.

Mana şu urbanizatsiya yuzasidan qişloqlarimizni şaharga yaqinlaştiriş degan siyosat yölga qöyildi va mana şu siyosat yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Unga köra, respublikadagi 6ta şaharga yöldoş şaharçalar taşkil qilinişi belgilangan. Yöldoş şaharça siyosati deganda, şaharni taşkil qiluvçi katta korxonalar, uning atrofida aholi turar joylari, soğliqni saqlaş, ta'lim, savdo, maişiy-korxonalar, yöl infratuzilmasi taşkil topişini tuşuniş lozim va bu yerda şahar hayoti boşlanadi. Masalan Olmaliq, Çirçiq kabi şaharlar tarixda xuddi şunday yöl bilan taşkil etilgan. Şuning uçun ham respublikamizda 6ta şaharga yöldoş şaharçalar taşkil etiş reja qilindi.
— Bular qaysi şaharlar?
— Andijon şahri uçun Şahrixon va Asaka, Namangan şahri uçun Töraqörğon va Çortoq, Farğona şahri uçun Mingdon, Samarqand uçun Çelak va Urgut şaharlari, Buxoro şahri uçun Galaosiyo, Qarşi şahri uçun Koson şahri va Xonobod şaharçasi.
Bundan taşqari, Toşkent şahri hokimligi öz boşqaruviga yangi yerlarni oliş taklifi bilan çiqdi. Biz deputatlar Qonunçilik palatasida Yangihayot tumani taşkil qiliş töğrisida yangi qarorni tasdiqlab berdik. Buning uçun Toşkent viloyati, xususan, Zangiotadan 200 gektardan ortiq, Yuqori Çirçiq va Örta Çirçiqdan ming gektardan ortiq yer berildi.
Ma'lumki, Qibray, Toşkent va Zangiota tumanlari Toşkent şahrini ta'minlovçi tumanlar hisoblanadi. Bu tumanlar Toşkentda istiqomat qilayotgan uç milliondan ortiq aholini oziq-ovqat bilan ta'minlaydi. Eng katta boyligimiz bu suğoriladigan yer hisoblanadi. Agar biz unumdor yerlarimizga uylar qursak, yoki boşqa taşkilotlarga, binolarga berib qöysak menimça töğri bölmaydi.






















