Germaniyadagi taniqli va yetakçi fikr markazlaridan biri bölgan SWP markazi xalqaro va xavfsizlik işlari instituti naşrining 12 sentyabrdagi sonida «Özbekistonning özgarişi. Strategiya va istiqbollar» nomli tadqiqot işi e'lon qilindi.

Unda Özbekistondagi islohotlar kun tartibi, içki siyosiy vaziyat, xavfsizlik apparatini qayta taşkil etiş, kadrlar siyosati va boşqaruv, islohotlarning taşqi siyosiy jihatlari, hamkorlik istiqbollari va ahamiyati, transformatsiya çegaralari haqida söz yuritiladi.

Xususan, «Ommaviy safarbarlik» nomli içki sarlavha ostida Özbekistondagi  ommaviy axborot vositalari faoliyati va söz erkinligi masalasi yuzasidan fikrlar bayon etiladi. Tadqiqot işida ommaviy axborot vositalari mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlarga nisbatan fuqarolarda daxldorlik tuyğusini şakllantirişning eng asosiy ustunlaridan biri ekani ta'kidlangan.

«Sönggi yillarda Özbekistonda ommaviy axborot vositalariga ança erkinlik berildi. Endilikda raqamli jarayonlarni joriy qiliş orqali davlat boşqaruvini yanada şaffof, fuqarolar uçun qulayroq va samaraliroq taşkil qiliş lozim. Çunki «oçiqlik» tuşunçasi öz navbatida islohotlar jarayonining murakkabligi va potensial imkoniyatlariga işora qiladi. Bu esa katta umidlar bir qatorda bosimni ham yuzaga keltiradi.

Mamlakat prezidenti muntazam ravişda ommaviy axborot vositalari va keng jamoatçilik oldida oşkoralikni, jurnalistlardan yanada faol bölişni talab qiladi.

Media sohasini liberallaştiriş Mirziyoyev siyosatining ajoyib yutuğidir. Bungaça qöllangan qat'iy senzuraga nisbatan olib qaraganda, ommaviy axborot vositalari haqiqatan ham katta erkinlikka ega. Rasmiy söz erkinligi va Mirziyoyevning bu boradagi muammolarni hal qilişga tayyorligi, bu yöldan ortga qaytilmasligini ta'kidlaşi Özbekistonda blogerlik faoliyati yuzaga kelişiga ham turtki berdi», deyiladi tadqiqotda.

Şuningdek, xorijiy jurnalistlar uçun akkreditatsiyadan ötiş osonlaşgani, 2005 yilgi Andijon voqealaridan keyin Özbekistonda bloklangan ommaviy axborot vositalari qayta oçilgani, ular orasida Deutsche Welle, BBC’ning özbek xizmati, Eurasianet va Fergana.agency, şuningdek, Uzmetronom ham borligi, Human Righs Watch va Amnesty International veb-saytlariga kiriş qayta tiklangani qayd etib ötilgan.

Tadqiqot işida yangi erkinliklar yangi çeklovlar bilan birga kelayotganiga  ham e'tibor qaratiladi va mahalliy muammolarni jamoatçilikka yetkazadigan jurnalistlar va huquq faollariga nisbatan bosimlar bölgani, jurnalist va blogerlarni qörqitiş va hibsga oliş söz erkinligiga oid rasmiy majburiyatlarni bir neça bor şubha ostiga qöygani aytiladi. Ta'kidlanişiça, bunday reaksiyalar ommaviy axborot vositalari erkinligining çegarasini yaqqol oçib beradi.