Ijtimoiy tarmoqda Toşkent davlat yuridik universitetiga hujjat topşirgan 400 nafardan ziyod abituriyent eng yuqori - 189 ball töplagani haqida xabarlar tarqaldi. Ma’lum bölişiça, bu yil yuridik universitetga qabul kvotasi böyiça har bir fakultetga 150tadan örin berilgan - bir fakultetga hujjat topşirgan 400dan ziyod abituriyent maksimal ball olgan. Telegramdagi kanallardan birida e’lon qilingan xabarda kiriş imtihonlarining savollari va javoblari köçada sotilgani haqida gap boradi.

Davlat test markazi joriy yilda maksimal ball olgan abituriyentlar soni köpaygani yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

«2020-2021-öquv yilida ötkazilgan davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yönalişlariga kiriş test sinovlarida 1 240 614 (95,1 foiz) nafar abituriyent iştirok etdi. Ular orasida maksimal ball (189 ball) olganlar ham köp kuzatildi. Buni ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda bir yoqlama talqin qiliş holatlari kuzatilmoqda. Şulardan kelib çiqqan holda holatga aniqlik kiritiş maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Bölib ötgan test sinovlari natijalarini tahlil qiliş davomida maksimal ball olgan abituriyentlar soni avvalgi yillarga qaraganda köpayganligi aniqlandi. Buning bir neça sabablari bor. Ma’lumki, mamlakatimizda pandemiya şaroitida joriy etilgan karantin çeklovlari davrida boşqa sohalar kabi ta’limda ham, jumladan, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul test sinovlariga tayyorgarlik köriş, ötkaziş va abituriyentlarning puxta tayyorgarlik körişlarida murakkab vaziyatlar yuzaga keldi.

Holatlarni hisobga olgan holda va abituriyentlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida Prezidentimiz rahbarligida, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasida ötkazilgan bir qator yiğilişlarda kiriş imtihonlarini soddalaştiriş böyiça topşiriqlar berildi hamda muhim qarorlar qabul qilindi. Şulardan kelib çiqib, kiriş imtihonlari jarayonida abituriyentlar uçun yanada keng imkoniyatlar yaratildi», deyiladi ma’lumotda.

Taşkilot ball yuqori bölgan omillarni sanab ötgan:

  • 2019 yildan boşlab umumta’lim fanlaridan test savollari töplami naşr etildi va uşbu töplamda işlatilgan savollar bazasining 20 foizidan köproği kiriş test jarayonlarida foydalanildi;
  • Telegram tarmoğida e-sinov tizimidan abituriyentlarga bepul foydalaniş imkoniyati yaratildi (test sinovlariga qadar 1,4 milliondan ortiq abituriyent uşbu xizmatdan bepul foydalangan);