Toshkent viloyatida traktor va yuk mashinasi ishtirokidagi YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 17 sentabr kuni soat 20:30da haydovchi, 35 yoshli X.T. Hyundai porter rusumli avtomashinani boshqarib, Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o‘tgan M-39 “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon-O‘sh” avtomobil yo‘lining 153-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u Angren shahri yo‘nalishidan Toshkent shahri yo‘nalishiga qarab harakatlanib borib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda chapga qayrilish uchun (ruxsat etilgan joyda) to‘xtab turgan haydovchi 49 yoshli B.U.ning boshqaruvidagi “T-28” rusumli traktorning tirkamasiga kelib urilgan.
Natijada, Hyundai porter avtomashinasining yo‘lovchilari, ya'ni haydovchi X.T.ning turmush o‘rtog‘i, 32 yoshli S.T. (ayol) tan jarohatlari olib hodisa joyida hamda voyaga yetmagan 5 oylik qizi B.B. Ohangaron tuman markaziy shifoxonasining qabul bo‘limiga olib kelingan vaqtda vafot etgan. Bundan tashqari, X.T. va uning o‘g‘illari, 12 yoshli B.B., 10 yoshli U.B. va 7 yoshli X.B. turli darajadagi tan jarohatlari bilan tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda jinoyat ishi viloyat IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga olingan.
Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
10:59 / 04.11.2024
Ohangaronda o‘zaro to‘qnashgan Cobalt mashinasi va Isuzu avtobusi yonib ketdi
18:37 / 24.09.2024
Toshkent viloyatida 9 kishining nomiga imtiyozli kredit rasmiylashtirgan MChJ rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
08:50 / 17.09.2024
O‘rmon xo‘jaligi ijaradagi yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
15:00 / 07.09.2024