Şahrisabz tumanida bir neça maşina iştirokida YTH sodir böldi. Qaşqadaryo viloyati YHXB hodisa haqida ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinişiça, YTH 3 iyul kuni soat 14:30 larda sodir bölgan. Howo yuk maşinasi tormoz tizimida yuzaga kelgan nosozlik sababli özi bilan bir qatorda harakatlanib ketayotgan jami 9 ta avtomobilni urib yuborgan.
Oqibatda 2 ta Lacetti, Tracker-2, Nexia-1, Nexia-3, Matiz, Damas, Spark maşinalari özaro töqnaşgan. Töqnaşuvdan söng Nexia-1 haydovçisi yöl çetidagi piyodani urib yuborgan.
Piyodaga şifokorlar tomonidan tibbiy yordam körsatilgan.
Qöşimça qilinişiça, hozirda viloyat YHXB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toşkentda 15 ta avtomobil iştirokida YTH röy bergandi.

















