Andijon şahrida piyodalar yölidan ötayotgan buvi va uning ikki nabirasini katta tezlikda harakatlangan Malibu urib ketdi, ulardan ikkisi voqea joyida jon berdi. Qurbonlarning yaqinlariga köra, Malibu haydovçisi xuddi özi kabi katta tezlikda harakatlangan BMW bilan poyga öynab kelayotgan bölgan. Fojiadan keyingina bu joyga svetofor örnatilgan. Tafsilotlar – Kun.uz muxbiri reportajida.
25 iyun kuni Asaka tumanida yaşovçi 49 yoşli Saodatxon Soliyeva nevaralari 4 yoşli Yusufjon Soliyev va 6 yoşli Muhammad Ismoil Soliyevni Andijon şahri Amir Temur şoxköçasida piyodalar ötiş joyidan yölni kesib ötayotgan paytda avtohalokatga uçradi.
Katta tezlikda harakatlangan Malibu urib ketişi oqibatida buvi va nevarasi Yusufjon voqea joyida halok böldi, Muhammad Ismoil jarrohlik amaliyotini ötab şifoxonada qolmoqda.

“Malibu haydovçisiga ham, BMW haydovçisiga ham çora körilsin”
Xondamir Soliyev, marhum bolaning otasi
— 25 iyun kuni 16:00 larda onam telefon qilib işdan böşagan-böşamaganimni söradi. Hali işda ekanimni aytganimda, öğillarimni boğçadan özi borib olişlarini aytdi.
Soat 18:00 larda uyga keldim. Bolalarim odatda darvozani yugurib kelib oçişardi. Öşa kuni uyda negadir heç kim yöq edi. Xavotirlanib onamga 10-15 marta telefon qildim, olmadi. Könglim ğaş böldi; rözador, issiqda huşidan ketib qolmadimikan deya turmuş örtoğim bilan maşinaga ötirib boğça yönalişiga qarab ketdik.
Şaharga kiraverişda tumonat odam töplangan edi. Suriştirsam, ikki öğlim va onamni Malibu yuqori tezlikda kelib urib qoçib ketgan ekan. 60 Z 511 ZZ raqamli Malibu 60 Y 017 KB raqamli BMW avtomaşinasi bilan poyga öynab kelayotgan bölgan. 4 yoşli kiçik öğlim Yusufjon bilan onam voqea joyida vafot etgan. Tönğiç öğlim Muhammad Ismoil jarrohlik amaliyotini ötab, soğ qoldi.












