Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston harbiy-havo kuchlarining aviazarbalari oqibatida 12 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi
Mamlakat mudofaa vazirligi aviazarbalar natijasida 40 nafar tolib yo‘q qilinganini xabar qilmoqda.
Qunduz viloyatida Afg‘oniston harbiy-havo kuchlarining “Tolibon” harakati bazasiga yo‘naltirgan aviazarbalari oqibatida 12 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, 10 kishi jarohatlandi. Bu haqda toliblar vakiliga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.
Agentlikning qayd etishicha, o‘z navbatida mamlakat mudofaa vazirligi aviazarbalar natijasida 40 nafar tolib yo‘q qilinganini xabar qilmoqda. Vazirlik tinch aholi vakillari halok bo‘lgani to‘g‘risidagi ma'lumotni tasdiqlamagan, ammo bu borada surishtiruv olib borilayotganini bildirgan.
O‘tgan haftada Qatar poytaxti Dohada Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” harakati o‘rtasida tinchlik muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Ma'lumot berilishicha, “Tolibon” matbuot kotibi Muhammad Naim Vardak dastlabki muzokaralarsiz va urush sabablarini muhokama qilmasdan turib toliblar va hukumat o‘rtasida sulh tuzish imkonsizligini aytgan.
Rasmiy Kobul va “Tolibon” o‘zaro muhokamalar yopiq eshiklar ortida va xorijliklar ishtirokisiz o‘tishiga kelishib olishgan.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026