Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada Rossiya mashg‘ulotlariga javoban harbiy mashg‘ulotlar boshlandi
Mashg‘ulotlarda 12 ming harbiy xizmatchi, 700 birlik harbiy texnika hamda NATO mamlakatlaridan kelgan maslahatchilar qatnashmoqda.
Ukrainada Rossiyaning "Kavkaz -2020" o‘quv mashg‘ulotlariga javoban "Birlashgan sa'y-harakat - 2020" harbiy mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, bunday shakldagi mashg‘ulotlar mamlakatda ilk bor o‘tkazilmoqda.
"Birlashgan sa'y-harakat - 2020" harbiy mashg‘ulotlarida 12 ming harbiy xizmatchi, 700 birlik harbiy texnika hamda NATO mamlakatlaridan kelgan maslahatchilar qatnashmoqda.
Iyul oyida Ukraina milliy xavfsizlik kengashi kotibi Aleksey Danilov sentyabrda bo‘lib o‘tadigan mashg‘ulotlar "kutilmagan joylarda" o‘tkazilishini aytgandi.
"Kavkaz-2020" mashg‘ulotlari 21-26 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya, Armaniston, Belarus, Xitoy, Myanma va Pokiston harbiylari qatnashadi. Mashg‘ulotlarga jami 80 mingga yaqin kishi jalb etilishi mo‘ljallangan.